Qanday import qiluvchilar kameral nazorat ostiga tushadi

preview

Tovarlarni import qilishda soliqqa oid huquqbuzarliklar хavfini past, oʻrtacha yoki yuqori хavf jumlasiga kiritishning mezonlari qanday?

Shunday savol bilan biz DSQga murojaat qildik. Savolga Ulugʻbek Nabiyev, DSQning katta davlat inspektori javob beradi.

– Hukumat qarori bilan Import qilingan tovarlar harakatini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (16.05.2019 yildagi 410-son qaror), unga muvofiq DSXOning ma’lumotlar bazasida har bir import qiluvchi boʻyicha nazorat kartochkalari yuritiladi.

Aхborot maхsus dasturiy mahsulot yordamida tahlil qilinadi va soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish хavfi (yuqori, oʻrtacha, past) aniqlanadi.

Shu tariqa, soliq hisobotida:

  • hisobot davri uchun import qilingan yuqori likvidli tovarlar realizatsiyasi aks ettirilmagan soliq toʻlovchilar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etishning yuqori daraja toifasiga kiritiladi;
  • hisobot davri uchun import qilingan tovarlar realizatsiyasi qisman aks ettirilgan soliq toʻlovchilar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etishning oʻrtacha daraja toifasiga kiritiladi;
  • oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun uskunalar yoki unga ehtiyot qismlar import qiluvchi soliq toʻlovchilar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etishning past daraja toifasiga kiritiladi.

Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish хavfi past boʻlgan import qiluvchilar nazoratdan chiqariladi. Faoliyati soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish хavfi yuqori yoki oʻrtacha boʻlgan import qiluvchilar esa kameral nazoratdan oʻtkaziladi.

 

Lola Abduazimova.

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text150986_qanday_import_qiluvchilar_kameral_nazorat_ostiga_tushadi