Import poyabzalga solinadigan bojni oshirishni taklif etmoqdalar

preview

QHTBT portalida Prezidentning «Charm-poyabzal va moʻynachilik tarmoqlarini rivojlantirish, shuningdek import oʻrnini bosadigan va eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarilishini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda.

Xususan, 2019 yil 1 iyuldan quyidagi oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin:

  • import poyabzalga (TIF TN kodi 6401 – 6405) solinadigan bojxona boji stavkasi amaldagi tovar bojxona qiymatining 10%i, biroq bir jufti uchun kamida 1,5 AQSh dollaridan 30%gacha, biroq bir jufti uchun kamida 5 AQSh dollarigacha oshiriladi;
  • tarmoq ichida realizatsiya qilish chogʻida ishlab chiqarilgan xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar soliq solish ob’yektlari deb hisoblanmaydi;
  • poyabzal, charm-galantereya mahsulotlari, jun, qorakoʻl va sun’iy charmdan tayyorlangan buyumlarni davlat tomonidan xarid qilish chogʻida (sh.j. strategik xaridorlar tomonidan) mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan 20%gacha narx preferensiyasi joriy etiladi.

Bundan tashqari, keyingi yil boshidan yarim tayyor charm mahsulotlarni (TIF TN kodlari 4104, 4105, 4106 21 000 0) olib chiqishga ruxsatnoma berish uchun yigʻimni eksport qilinadigan mahsulotlar qiymatining 5%idan 20%igacha oshirish rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga, kreditlash va Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan foizlarning bir qismini qoplash yoʻli bilan zamonaviy uskunalarni import qilishda tarmoq korxonalariga koʻmak beradilar. Boʻsh turgan davlat mulki «Oʻzcharmsanoat» uyushmasiga a’zo boʻlgan tashkilotlarga beriladi. Ularga, shuningdek ularda ishlovchilarga, uyushmaning oʻzidagi chet ellik mutaxassislarga ham soliq imtiyozlarini berish rejalashtirilmoqda.

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Oleg Zamanov.





Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text151610_import_poyabzalga_solinadigan_bojni_oshirishni_taklif_etmoqdalar