Pensiya daftarchalari endi elektron shaklda boʻladi

preview

Endilikda qogʻoz shaklidagi jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasiga hojat qolmadi, deya xabar beradi Davlat xizmatlari agentligi oʻzining Telegram-kanalida.

Shaxsiy pensiya hisobida toʻplangan mablagʻlar holati toʻgʻrisidagi barcha ma’lumotlarni onlayn rejimida olish imkoniyati mavjud.

Buning uchun http://cabinet.xb.uz:82/ havola orqali oʻtish (material berilgan paytda havola faqat mobil qurilmalarda ochilyapti), pasport ma’lumotlari va telefon raqamini kiritish lozim.

Eslatib oʻtamiz, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi va jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasini ochish “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya ta’minoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 8 va 9-moddalarida nazarda tutilgan.

 

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text151912_pensiya_daftarchalari_endi_elektron_shaklda_buladi