Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritildi (roʻyxat raqami 1165-9, 5.07.2019 y.).
Naqd xorijiy valyutani qabul qilish uchun asoslar roʻyxati kengaytirildi. Endi bu jismoniy shaxs-norezident tomonidan tashqi savdo shartnomasi boʻyicha debitor qarzdorliklarni soʻndirishda ham mumkin. Mazkur formulirovka tashish, saqlash, bank hisobvaragʻini ochish va yuritish, komissiya va «k1» kichik bandi (xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan norezidentga eksport qilinadigan tovarlar, ishlar va xizmatlar) ta’siri doirasiga tushmagan norezidentlar bilan boshqa bitimlarni qamrab oladi.
Yuqorida koʻrsatilgan hollarda, shuningdek ustav jamgʻarmasiga badallarda va jismoniy shaxs-norezidentga bank omonatlari ochilganda naqd valyutaning kelib chiqishini asoslash darkor. U quyidagi hujjatlardan birini taqdim etishi kerak:
- nakd valyutani chetdan olib kelganini tasdiqlovchi yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi;
- mablagʻlar bankomat (terminal) orqali uning bank kartalaridan yechilganligini tasdiqlovchi cheklar;
- uning hisobvaraqlariga chet eldan kelib tushgan mablagʻlarning yechilganligini tasdiqlovchi bank ma’lumotnomalari.
Pul mablagʻlari jismoniy shaxs-rezident tomonidan chet eldan olib kelinganligini tasdiqlovchi yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi taqdim etilgan taqdirda naqd valyuta norezident tomonidan berilgan ishonchnoma asosida qabul qilinishi mumkin.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.07.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.