Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Oʻzbekiston Bojxona kodeksining yangi tahriri loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan, muhokama joriy yilning 1 sentyabriga qadar davom etadi. 
Loyihada unda qoʻllanilgan xalqaro amaliyotga mos keladigan va tashqi iqtisodiy boshqaruv sohasiga oid boshqa hujjatlar uchun asos boʻladigan atama va tushunchalarga birxillashtirilgan ta’riflar berilgan. Qonun loyihasini ishlab chiquvchilar ta’riflarning har qanday mavhumligi va noaniqligi bojxona huquqiy munosabatlarining har bir ishtirokchisiga normalarni oʻzicha talqin qilish imkonini beradi.
Loyihada «bojxona rejimi» tushunchasi «bojxona tartib-taomillari» sifatida koʻrib chiqiladi. Yangi «maxsus bojxona tartib-taomili» atamasi kiritildi.
Qonun loyihasidan bir-birini takrorlaydigan, boshqa qonunosti hujjatlarida mavjud boʻlgan normalar (10 ta modda) chiqarib tashlandi. Amaldagi Bojxona kodeksida bojxona rejimlariga taalluqli 107 ta modda mavjud, taklif etilayotgan loyihada esa hammasi boʻlib 43 ta modda keltirilgan.
Bojxona organlari tomonidan tovarlarni bojxona tartib-taomiliga joylashtirishga ruxsatnomalar va bojxona ishi sohasida ruxsat beruvchi hujjatlar berilishi bekor qilinadi. Shuningdek bojxona tashuvchisi faoliyati davlat boshqaruvidan chiqarib tashlanadi.
Tanlangan bojxona tartib-taomiliga muvofiq joylashtirish, joyini oʻzgartirish, realizatsiya qilish, saqlash va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishni Vazirlar Mahkamasining alohida qarorida batafsil tartibga solish nazarda tutilmoqda. Loyihada umumiy prinsiplar aks ettirilgan.
Qonun loyihasida TIF ishtirokchilari va bojxona organlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning yangi modelini yaratishga jiddiy yoʻnaltirilgan bojxona ma’muriyatchiligi gʻoyasi ilgari surilgan. Shu bois bojxona tizimini rivojlantirish, tashqi savdoni rivojlantirishga koʻmaklashishning asosiy yoʻnalishlari bojxona organlari tomonidan majburiy tartibda ijro etiladigan aniq yuridik mexanizmlarda aks ettirilgan. Ishlab chiquvchilarning fikricha, yangi Kodeks biznes yuritishga qulay muhit yaratishi hamda mustahkam huquqiy bojxona xizmatini saqlab qolishi lozim.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Gulnora Abdunazarova.