Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Prezidentning 23.08.2019 yildagi «Nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi.
Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlaydigan korxonalarda hozirda ham imtiyozlar mavjud (masalan, Soliq kodeksining 158-moddasi 3-qismi; 358-moddasi 1-qismiga qarang). Biroq, nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashlari – Oʻzbekiston nogironlar uyushmasi, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati va Oʻzbekiston karlar jamiyati yagona ishtirokchisi hisoblangan yuridik shaxslarni davlat tomonidan manzilli qoʻllab-quvvatlashga qaror qilindi.
Binobarin, bunday tashkilotda nogironligi boʻlgan shaxslar shtatdagi xodimlarning 50%idan kam, ularning mehnatiga haq toʻlash fondi umumiy fondning 50%idan kam boʻlmasa, tashkilot:
- yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, qoʻshilgan qiymat soligʻi va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash va toʻlashdan ozod qilinadi;
- soliqqa tortiladigan yerlar boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan, yer uchastkasining joylashgan oʻrniga qarab belgilangan yer soligʻi stavkasiga nisbatan 0,1 pasaytiruvchi koeffitsiyenti qoʻllangan holda toʻlaydi.
Bundan tashqari, davlat buyurtmachilariga Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha bunday sub’yektlardan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilishga kvotalar beriladi.
Hujjatda nazarda tutilgan normalar Soliq kodeksining yangi tahriri loyihasida aks ettirilishi lozim.
Oleg Zamanov.