Bojxona kodeksining yangi tahriri: barcha normalar bitta hujjatda

preview

Yangi tahrirdagi Bojxona kodeksi loyihasiga bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirishga, investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan NHH qoidalari kiritilgan.

Hujjatda Prezident farmonlari va qarorlarida belgilangan bojxona tartib-taomillarini soddalashtiradigan normalar aks ettirilgan.

1. Quyidagilarga ruxsat etiladi:

  • koʻrgazma va yarmarkalarda namoyish etish uchun moʻljallangan qiymati ekvivalentdagi 5 000 AQSh dollarigacha tovarlarning yuk hujjatlariga muvofiq olib chiqishga (29.12.2017 yildagi PQ-3451-son);
  • shartnomalar tuzmasdan xalqaro toʻlov tizimi orqali toʻlangan holda Internet tarmogʻi orqali bitta invoys boʻyicha 5 000 AQSh dollarigacha tovarlar va xizmatlarni eksport qilishga (30.10.2018 yildagi PF-5564-son);
  • bojxona xizmati organlariga Oʻzbekiston hududida qayta ishlash operatsiyalari amalga oshirilganda tovarlarning kelib chiqish mamlakati toʻgʻrisidagi qarorni oldindan berishga;
  • tovarlar chiqarilganidan keyin (27.02.2019 yildagi F-5445), shuningdek bojxona chegarasida davlat nazoratini amalga oshiradigan boshqa davlat organlari bilan hamkorlikda bojxona nazoratidan oʻtkazishga (5.02.2019 yildagi PQ-4160-son).

2. Quyidagilar joriy etiladi:

  • bojxona organlari tomonidan tovarlar talablarga javob bermaganda, ularni ushlab qolish tartibi;
  • bojxona organlarini oldindan xabardor qilish tartib-taomillari;
  • davriy deklaratsiyalarni taqdim etish yoʻli bilan bitta tashqi savdo shartnomasi doirasida bir xil tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish;
  • deklaratsiyalarni Internet tarmogʻi orqali real vaqt rejimida toʻldirish va taqdim etish (12.04.2018 yildagi PF-5414-son);
  • «sariq», «qizil», «yashil» va «koʻk» yoʻlaklarni qoʻllagan holda xatarlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi;
  • vakolatli iqtisodiy operatorlar instituti (24.11.2018 yildagi PF-5582-son).

3. Quyidagilar bekor qilinadi:

  • tovarlar bojxona rejimlariga joylashtirilganda bojxona organlari tomonidan ruxsatnomalar berilishi;
  • bojxona brokeri sifatida faoliyat yuritishga ruxsat beruvchi hujjatlar talab etilishi (12.04.2018 yildagi PF-5414-son).

4. Jismoniy shaxslarga quyidagilarga ruxsat etiladi:

  • qiymati 5 000 AQSh dollaridan ortiq boʻlgan tayyor zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirgan holda olib kirishga (18.05.2019 yildagi PF-5721-son);
  • umumiy qiymati 5 000 AQSh dollaridan ortiq boʻlmagan tovarlarni bojxona deklaratsiyasini taqdim etmagan holda olib kirishga (6.02.2018 yildagi PQ-3512-son).

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.


Gulnora Abdunazarova.


Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text153282_bojhona_kodeksining_yangi_tahriri_barcha_normalar_bitta_hujjatda