Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Kimlar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq besh baravar miqdorda belgilanadi ?
Soliq kodeksining yangi tahriri loyihasida belgilangan limitlardan ortiqcha suv ishlatilgan holda, ortiqcha ishlatilgan suv hajmi uchun belgilangan stavkalarning besh barobari miqdoridagi stavkalar qoʻllanilishi nazarda tutilgan.
|
Soliq kodeksidagi amal qilayotgan norma
|
Soliq kodeksining yangi tahriri loyihasidagi taklif |
Sharh |
|
Yagona yer soligʻini toʻlovchilar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlamaydilar (SK 257-m.). |
Yagona yer soligʻi bilan yer soligʻi birlashtirilganligi munosabati bilan qishloq хoʻjaligi korхonalari (YaYeS toʻlovchilari) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlovchilarga aylanadilar. |
|
|
Mavjud emas. |
Oshirilgan soliq stavkalarini joriy etish. Belgilangan limitlardan ortiqcha suv ishlatilgan holda, ortiqcha ishlatilgan suv hajmi uchun belgilangan stavkalarning besh barobari miqdoridagi stavkalar qoʻllaniladi. Avtotransport vositalarini yuvish bilan shugʻullanuvchi korхonalari tomonidan foydalanilgan yer usti manbalaridan olingan suv хajmi uchun soliq stavkasi sifatida belgilangan stavkalarning besh barobari miqdoridagi stavkalar qoʻllaniladi (459-m.). |
Suvni tejashga oid chora-tadbirlar. |
|
Joriy toʻlovlar quyidagicha toʻlanadi:
|
Joriy toʻlovlar boʻyicha oʻzgartirishlar. Joriy toʻlovlar quyidagicha toʻlanadi:
|
|
Sharhni «Norma» MChJ yetakchi eksperti Jorilla Abdullayev tayyorladi.