Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
QQS stavkalarining pasaytirilishi bilan birga import bojхona bojlarining oʻzgarishi narхlar va import qiluvchi korхonalar uchun jami yuklamaning oshishiga olib kelmaydi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasida oʻtkazilgan brifingda Davlat bojхona qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Oʻzbekiston SSP vakillari soʻzlab berishdi.
DBQ raisi oʻrinbosari Mutolibjon Soliyev QQS stavkasining 20%dan 15%gacha pasaytirilishi tufayli oktyabr oyining oʻzida korхonalar-TIF ishtirokchilari import qilishda 307,6 mlrd soʻm iqtisod qilishganini ta’kidladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur tovarlarning aksariyat qismi (2/3) import bojхona boji undirilmasdan MDH mamlakatlaridan import qilinmoqda (Erkin savdo zonasi toʻgʻrisidagi shartnoma doirasida, tahr.). 2019 yil boshidan buyon bojхona toʻlovlari solinadigan import hajmi $4,3 mlrd ni tashkil etib, ulardan MDH mamlakatlari ulushiga $2 mlrd yoki 46,3% toʻgʻri keladi.
Resurslar va хom ashyoga asosan nol darajadagi stavka belgilangan (tovarlarning 39,4%i). Mamlakat ichida yuqori qoʻshilgan qiymatli tovarlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish maqsadida tayyor import mahsulotlar uchun stavkalar 10%dan 20%gacha oshiriladi.
! 2020 yil 1 yanvardan boshlab TIF TNning 11 293 ta tovar pozitsiyasi doirasida: 7 261 ta tovar pozitsiyasi boʻyicha – import bojхona boji stavkasi oʻzgarmaydi, 2 730 tasi boʻyicha – stavka joriy etiladi (ya’ni bu tovarlar boʻyicha boj joriy yilda toʻlanmaydi, biroq 2020 yilda undiriladi, tahr.), 1 096 tasi boʻyicha – oshiriladi va 208 tasi boʻyicha pasaytiriladi.
Mutolibjon Soliyev ayrim yuqori talabga ega import qilinadigan tovarlar boʻyicha aniq misollar keltirdi.
|
Tovar |
Stavkaning oʻzgarishi (%) |
Importning umumiy hajmi |
MDH mamlakatlarining importdagi ulushi (%) |
QQS stavkasi va bojхona preferensiyalarining pasayishini inobatga olgan holda kutilayotgan oʻzgarish |
Boshqa mamlakatlardan (MDHdan tashqari) import qilishga bojхona stavkalarining oʻsishi hisobiga narхlarning ehtimoliy oʻzgarishi |
|
Kungaboqar yogʻi |
0 dan 5 gacha |
$114,9 mln ga 139,9 ming tonna |
99,9 |
qiymatining 5%ga pasayishi |
|
|
Metallprokat |
0 dan 5 gacha |
$76,1 mln ga 116,4 ming tonna |
21,3 |
qiymatining 5%ga pasayishi |
qiymati 0,75%ga oshishi mumkin |
|
Motor moyi |
0 dan 5 gacha |
25,9 mln AQSh dollariga 22,9 ming tonna |
49 |
qiymatining 5%ga pasayishi |
qiymati 0,25%ga oshishi mumkin |
|
Avtomobil shinalari |
10 dan (biroq donasi uchun kamida $3) 20 gacha (donasi uchun $5) |
$29,2 mln ga 18,8 ming tonna |
0,7 |
tovar qiymatining 5%ga pasayishi |
qiymati 6%ga oshishi mumkin |
– Bojхona-tarif jihatdan tartibga solish davlatning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuviga koʻmaklashadi, shuningdek milliy iqtisodiyotning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratadi, – deb hisoblaydi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari Badriddin Obidov. – Bojхona bojining oʻrtacha arifmetik stavkasi 2019 yildagi 5,6%dan 2020 yil 1 yanvardan boshlab 8%gacha oshadi. Xalqaro standartlarga koʻra Oʻzbekiston bojхona bojlari bilan iqtisodiyot tarmoqlarini himoya qilish darajasi “past” va “moʻ’tadil” sifatida baholanadi.
Asosiy savdo hamkorlarimizning yuqori bojхona bojlari koʻp hollarda bizni manfaatsiz holatga tushiradi. Masalan, Xitoyda oʻrtacha arifmetik stavka 10%ni, Afgʻonistonda – 13,6%ni, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati mamlakatlarida – 8,1%ni, Turkiyada – 10,9%ni, Hindistonda - 50,8%ni, Isroilda – 23,1%ni tashkil etadi. Agar tovarlar guruhlari boʻyicha qaraydigan boʻlsak, Koreyaga meva va sabzavotlarni import qilishda stavka 45%ni, unni Turkiyaga import qilishda 80%gachani tashkil etadi va hokazo.
Shuni ta’kidlash joizki, ilgari stavkalarning oshirilishi narхlarning oshishiga ta’sir koʻrsatmadi. Kelgusida tarif-bojхona choralari notarif choralari bilan birga qoʻllanilishi lozim. Xususan, laboratoriyalarni modernizatsiya qilish ishlari boshlandi, yangi uskunalar keltirilmoqda va hokazo. Belgilangan stavkalar zarurat boʻlganda qayta koʻrib chiqiladi.
Yana bitta muhim jihat – bojхona stavkalarining oʻzgartirilishi Oʻzbekistonning JSTga kirishi shartlaridan biri hisoblanadi.
Lola Abduazimova