Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
DSQ TIF qatnashchilari tomonidan yuklab joʻnatilgan tovarlar va koʻrsatilgan хizmatlar uchun tushumlar oʻz vaqtida va toʻliq kelib tushishi uchun sanksiyalarni qat’iylashtirish tashabbusi bilan chiqdi. Bu QHTBT portalida muhokama qilinayotgan NHH loyihasida nazarda tutilgan.
Tuzatishlar oʻzgarishsiz qabul qilingan taqdirda chet ellardan хorijiy valyutadagi tushumning kelib tushishi muddatlarini kechiktirishga yoʻl qoʻygan eksportyorlar, shuningdek, tovarlarning respublikaga olib kirilishini va ularning “erkin muomalaga chiqarish” rejimida rasmiylashtirilishini, ishlar va хizmatlar koʻrsatish 30 bank kunidan koʻproq muddatda (kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun - 60 bank kunida) bajarilishini ta’minlamagan importyorlar belgilangan muddatlar tugagandan soʻng jarima toʻlaydilar:
- valyuta tushumi tushirilishi belgilangan muddatlardan 180 kun kechiktirilgan hollarda - kelib tushmagan valyuta mablagʻi summasining 40%i ekvivalentida;
- valyuta tushumi tushirilishi belgilangan muddatlardan 180 kundan ortiq kechiktirilgan hollarda - kelib tushmagan valyuta mablagʻi summasining qoʻshimcha 60%i ekvivalentida.
Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda ushbu jarimalar quyidagi tartibda hisoblab chiqarilmoqda (20.04.1994 yildagi PF-837-son Farmon):
- valyuta tushumi tushirilishi belgilangan muddatlardan 180 kungacha kechiktirilgan hollarda - kelib tushmagan valyuta mablagʻi summasining 10 foizi ekvivalentida;
- valyuta tushumi tushirilishi belgilangan muddatlardan 180 kundan 365 kungacha kechiktirilgan hollarda - kelib tushmagan valyuta mablagʻi summasining qoʻshimcha 20 foizi ekvivalentida;
- valyuta tushumi tushirilishi belgilangan muddatlardan 365 kundan ortiq kechiktirilgan hollarda - kelib tushmagan valyuta mablagʻi summasining qoʻshimcha 70 foizi ekvivalentida.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.