DSQ kirim qilinmagan mahsulot bilan markirovkalash yordamida kurashadi

preview

Dekabr oyida mahsulotlarni markirovkalash va kuzatish tizimini joriy etish boʻyicha tajriba loyihasi boshlanadi . Soliqchilar uni  ishga tushirishdan oldin qayta ishlashga ulgurish uchun tizimni amalda sinab koʻrishadi. Hozir qanday tafsilotlari ma’lum? Biz siz uchun bosqichma-bosqich rejani tayyorladik.

  • “CRPT TURON” MChJ tajriba loyihasi vaqtida tizim operatori boʻladi.
  • Loyiha ishtirokchilari – ishlab chiqaruvchilar va importyorlar – operatorga roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizani yuborgan holda oʻz mahsulotlari va tovarlarini mahsulotlar reyestriga kiritishlari darkor. Buyurtmada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

- mahsulot nomi;

- tovar kodlari, GS1-128 shtrixli-kod, shuningdek oʻram (tara) turiga muvofiq mahsulot kodlari;

- oʻram (tara) turi.

  • Operator markirovkalash uchun noyob shtrixli-kodlarni generatsiya qiladi. Ishlab chiqaruvchilar   mahsulotga kodlarni bevosita ishlab chiqarish qatorida tushiradilar. Importyorlarda ikkita variant bor: a) shtrixli-kod tushirish toʻgʻrisida ishlab chiqaruvchi bilan kelishib olish;  b) buni bojxona omborida mustaqil ravishda bajarish.
  • Ishlab chiqaruvchilar, importyorlar va ulgurji savdo tashkilotlari mahsulotga boʻlgan mulkchilik huquqining oʻtishi haqida operatorni xabardor qilishlari lozim. Buning uchun mahsulot yukxatini tegishli birlamchi hujjatlarni ilova qilgan holda yuborish kerak.  Bu ma’lumot elektron hisobvaraq-faktura ma’lumotlari bilan integratsiyalashtirilishi kerak.
  • Mahsulotni realizatsiya qilishda oxirgi boʻgʻin boʻlgan chakana savdo tashkilotlari -  onlayn-NKM bilan jihozlanishi kerak. Sotish faktlari toʻgʻrisida «Yangi texnologiyalar» IAMga xabar beriladi. Bunda loyiha ishtirokchilari chekida mahsulot kodi va identifikatsiya qilish kodi toʻgʻrisida axborot paydo boʻladi.
  • Onlayn-NKM tizimi joriy qilishning dastlabki bosqichida ekanligi bois, loyiha ulgurji sotuvchi mahsulotni chakana sotuvchiga onlayn-NKMsiz realizatsiya qilishi holatini hisobga olishning alohida tartibini nazarda tutadi. Bu holda ulgurji sotuvchi shtrixli-kodni skanerlashi va sotilgan mahsulotni tizimga kiritishi lozim.
  • Agar mahsulot buzilsa yoki yoʻqotilsa, egasi hisobdan chiqarishni rasmiylashtiradi va operatorga quyidagilarni koʻrsatgan holda tegishli ma’lumotni taqdim etadi:

-muomaladan chiqayotgan mahsulotning mahsulot kodi va identifikatsiya kilish kodi;

-maxsulotning muomaladan chiqib ketishi rasmiylashtirilgan hujjatning nomi, sanasi va raqami;

-mahsulotni muomaladan chiqib ketishi amalga oshiriladigan maydonning manzili.

Tajriba loyihasida sigaretalar va alkogol mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar ishtirok etishlari mumkin. Bu ularni aksiz markalari bilan majburiy ravishda markirovkalash hamda - davlat tilida markirovkalashdan ozod etmaydi.

Markirovkalanadigan mahsulotlar roʻyxatini yanada kengaytirish boʻyicha takliflarni 2020 yil iyul oyiga kelib ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

Oleg GAYeVOY

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text155856_dsq_kirim_qilinmagan_mahsulot_bilan_markirovkalash_erdamida_kurashadi