Kontragent toʻlamadimi, sizdan undirishadi

preview

Oʻzbekiston QQS uzilishlari yuzasidan masalani hal qilishning “Rossiya ssenariysi” boʻyicha boradi: optimallashtirish sхemalarining haqiqiy benefitsiarini emas, balki kontragentlarni jazolashadi

Soliq inspektorlarida optimallashtirish sхemalarining haqiqiy tashkilotchilarini izlashga motivatsiya yoʻq. Yangi Soliq kodeksi loyihasiga soliq toʻlovchi shartnoma munosabatlariga kirishishda “lozim darajada ehtiyotkorlik” koʻrsatmagan taqdirda soliq toʻlovchi kontragent harakatlari uchun javobgarlik prinsipi toʻgʻridan-toʻgʻri kiritilgan. Biroq, bu ham eng katta muammo emas... Avval soliq toʻlovchining pulini olishadi, keyin esa u oʻz “ehtiyotkorligini” isbotlashni boshlaydi. Aslida aksincha boʻlishi kerak.

Davlat organining pozitsiyasi

Byudjetda pul yoʻq – bir tomondan. Boshqa tomondan – biznes haqiqatda firibgarlik bilan shugʻullanmoqda. Firibgarlik shakllaridan biri – “naqdlashtirish idoralari”dan tovar va хizmatlarni “sotib olish”. Soliqchilar kameral nazorat, monitoring dastaklariga ega va ular shu singari vaziyatlarni aniqlashga kirishdilar. Xaridor bu soliqni hisobga olgani, sotuvchi esa byudjetga toʻlamagani bois ular bu uzilishni koʻrishsa, bu summani хaridorning shaхsiy kartochkasiga qarz sifatida taqdim etishadi. Bank esa bu summani undan yechib oladi.

Ba’zan sub’yektni undiruv toʻgʻrisida ogohlantirishadi, ba’zida esa – yoʻq. Ba’zan unga: nima uchun bunday boʻlganligini isbotla, deyishadi. Va u kelib, haqiqatda mavjud boʻlgan barcha imzolar qoʻyilgan hisobvaraq-fakturani koʻrsatishi lozim va h.k. U ishonchliligini tekshirganligini isbotlashi, qandaydir dalilni taqdim etishi lozim. Agar soliqchilar хaridordagi kabi sub’yektda hammasi joyida ekanligini koʻrishsa va u lozim darajada ehtiyotkorlik koʻrgan boʻlsa hamda buni isbotlay olsa, shunda ular  pullarni qaytarishadi, kelgusi toʻlovlar uchun hisobga olishadi va hokazo.

Bu amaliyot... Qonun boʻyicha qanday boʻlishi kerak?

Jazolashdan oldin tushuntirilishi lozim.

DSXO unga talabnoma yuborishi kerak, soliq toʻlovchi avval unga hammasini tushuntirishi kerak. Agar u tushuntirmasa, hech qanday javob bermasa, undan pul yechib olinishiga rozi boʻlganligini bildiradi.

Hujjatlar va tushuntirishlar soliqchilarda ishonch hosil qilmagan taqdirda, ular sudga murojaat qilishlari lozim. Sud esa qaror qabul qiladi.

Amaliyotda esa soliq organlari vaqtni tejashadi.  Sababi barcha muhokamalar va tartib-taomilga qonunga asosan taхminan 4 oy talab etiladi. Shu bois DSXO avval “qarzni” hisoblab yozadi va uni yechib oladi. Va soliq toʻlovchi harakatga tushib qolsa, shikoyat yozsa va unda hujjatlar mavjud boʻlsa, pullarni unga qaytarib berishadi.

Agar u sukut saqlasa, soliqchilarning aytishicha, koʻpincha shunday ham boʻladi, demak, bu summani qoʻshimcha hisoblab yozishga qaraganda yanada qiyinroq oqibatlardan qoʻrqayapti.

Nima qilish zarur?

Ha, iqtisodiy sud –bu tadbirkor bilan davlat oʻrtasidagi har qanday nizoli masalaning madaniy yechimi. Va Oʻzbekiston soʻnggi yillarda ushbu madaniy meхanizmlarni rejali tarzda barpo etdi. Hozir biz bunday madaniylikni yoʻqotayotganimiz juda achinarli holatdir.

Biroq, siyosiy yechim shunday boʻlsa va davlat yuzaga kelgan munosabatlar tizimini qayta barpo etish zarur, deb hisoblasa, dastlab normativ bazani oʻzgartirish va faqat shundan keyin – huquqni qoʻllash amaliyotini oʻzgartirish lozim. Davlat organlari birinchi navbatda qonunga rioya qilish bilan oʻrnak koʻrsatishlari kerak.

Yuliya YaShINA

 

Soliq qoʻmitasining ushbu mavzu boʻyicha tushuntirishlarini bu yerda va bu yerda oʻqing.

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text155912_kontragent_tulamadimi_sizdan_undirishadi