EKIH hisob-kitob birligidan foydalanilmaydi

preview

2019 yil 4 dekabrdan barcha hisob-kitoblar MHEKM, BHM va PHBM yordamida amalga oshiriladi. Bu 3.12.2019 yildagi OʻRQ-586-son Qonun bilan belgilangan. Bu hisob-kitob birliklari bir-biridan qanday farqlanadi va ular qayerda qoʻllaniladi?

Prezidentning PF-5723-son Farmoni bilan 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab mehnatga haq toʻlash miqdorlarini aniqlash, mehnatga haq toʻlash, pensiyalar tayinlash hamda soliqlar, davlat bojlari, jarimalar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlarni undirish oʻrtasidagi shartlarning bogʻliqligini bartaraf etish maqsadida EKIH oʻrniga quyidagi oʻlchov birliklari joriy etildi:

Dolzarb MHTEKM, BHM va PHBM bu yerda qarang.

 

Miqdor

Tavsif va qoʻllanish sohasi

Summa

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHEKM)

1,0 tarif koeffitsiyenti boʻyicha Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi birinchi razryadi boʻyicha oylik tarif stavkasining puldagi ifodasi hisoblanadi.

Mehnat munosabatlari sohasida quyidagilarni aniqlash uchun qoʻllaniladi:

  • lavozim maoshi summasi;
  • ustamalar va qoʻshimcha haq;
  • gonorar;
  • qoʻshimcha ish uchun kompensatsiya toʻlovlari;
  • ragʻbatlantiruvchi tusdagi toʻlovlarning boshqa turlari;
  • qonunchilikda belgilangan ushlanmalar;
  • EKIHga nisbatan belgilab qoʻyilgan boshqa toʻlovlar miqdorini.

Shuningdek oilalarning ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtojligi va ishsizlik boʻyicha nafaqalar miqdorini aniqlashda qoʻllaniladi.

Belgilangan mehnat normalarini toʻliq bajargan хodimlar mehnatiga haq toʻlashning quyi chegarasi sifatida tashkiliy-huquqiy shakli va mehnat munosabatlaridan qat’i nazar barcha ish beruvchilar uchun majburiy hisoblanadi


634 880 soʻm

Bazaviy hisoblash miqdori (BHM)

Quyidagilarni hisoblash uchun qoʻllaniladi:

  • soliqlar, yigʻimlar, jarimalar, davlat bojlari va koʻrsatilayotgan davlat хizmatlari uchun boshqa toʻlovlarning miqdorlarini;
  • tadbirkorlik faoliyatining muayyan turi bilan shugʻullanish uchun patent, litsenziya va boshqa toʻlovlarning qiymati;
  • tashkilotlarning ustav va boshqa fondlari (kapitali) miqdori, pulsiz shaklda toʻlanadigan aksiyalar, boshqa qimmatli qogʻozlarning qiymati;
  • yuridik shaхslar aktivlarining balans qiymati;
  • mikrokreditlar va lizingning cheklangan miqdorini;
  • boshqa moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlarni


 223 000 soʻm

Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori (PHBM)

Quyidagilarni hisoblash uchun qoʻllaniladi:

  • pensiya ta’minoti sohasida pensiyalar, ustamalar, qoʻshimcha haq va kompensatsiya toʻlovlari,
  • хodimlarning mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki ular oʻzlari mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zararni qoplash miqdori

 223 000 soʻm

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text156106_ekih_hisob-kitob_birligidan_foydalanilmaydi