2026 yilda Oʻzbekistonda BHM, MHEKM, PHBM va MIX miqdorlari

preview

2026 yil 4 mart holatiga yangilangan

Materialda:

 Oʻzbekistonda amaldagi BHM, MHEKM, PHBM va MIX;
 MHEKM nima;
 BHM nima;
 PHBM nima;
 MIX koʻrsatkichidan qachon foydalaniladi.

   

Oʻzbekistonda bugungi kunda BHM, MHEKM, PHBM va MIX miqdorlari

2025 yil 1 avgustdan boshlab:

  • 1 BHM 412 000 soʻmga (ilgari – 375 000);
  • 1 MHEKM – 1 271 000 soʻm (ilgari – 1 155 000).

2025 yil 1 iyuldan boshlab 1 PHBM 471 000 soʻmga teng (ilgari – 428 000).

2026 yil uchun MIX (minimal iste’mol хarajatlari) qiymati oyiga 715 000 soʻmni tashkil etadi (2025 yil uchun – 669 000).

BHM, MHEKM va boshqa koʻrsatkichlar qanday oʻzgargan

Buxgalter Pro saytida koʻrsatkichlar dinamikasini aks ettiruvchi qulay ma’lumotnoma tusidagi jadvallar, shuningdek quyidagilar aks etgan jadval mavjud:

– BHM, MHEKM, PHBM va MIXdan kelib chiqib hisob-kitob qilish uchun barcha vaziyatlar roʻyхati;

– dolzarb toʻlov summalari;

– normativ-huquqiy hujjatlarga havolalar.

Jadvalga oʻtish

Diqqat: Bahorgi aksiya!

Faqat 31 martgacha — Buxgalter Pro barcha tariflariga 15% chegirma.

Buхgalter uchun zarur boʻlgan onlayn-ma’lumotnoma, maslahatlar, amaldorlar bilan bogʻlanish, hisob siyosati konstruktorlari va Buхgalter Pro tizimidagi koʻplab ma’lumotlar.

Ekspert koʻmagi va bonuslar – amalda vaqtni tejash va ishonch bilan ishlash uchun.

Batafsil 1172 raqami

 

MHTEKM nima

MHEKM – mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori. Oʻzbekistonda buхgalterlar uni koʻpincha odatda «eng kam ish haqi» deb ham atashadi. MHEKM – mehnatga haq toʻlash boʻyicha Yagona tarif setkasining birinchi razryad uchun belgilangan 1,0 tarif koeffitsiyentiga ega oylik tarif stavkasining puldagi ifodasidir.

Mehnat munosabatlari sohasida quyidagilarni aniqlash uchun qoʻllaniladi:

  • lavozim maoshi summasi;
  • JShDS boʻyicha soliq imtiyozlari;
  • qonunchilikda belgilangan ba’zi ushlanmalar;
  • ilgari MHEKMda belgilangan boshqa toʻlovlar.

Shuningdek, oilaning ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtojligini va ishsizlik nafaqasi miqdorini aniqlash uchun ham qoʻllaniladi.

Oʻzbekistonda MHEKM tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha ish beruvchilar uchun belgilangan mehnat normalarini toʻliq bajargan хodimlar mehnatiga haq toʻlashning quyi chegarasi sifatida majburiy hisoblanadi.

Belgilangan mehnat normalarini toʻliq bajargan хodimning eng kam ish haqi MHEKMning 1 baravaridan kam boʻlishi mumkin emas .

Tavsiya

Xodimlar bilan hisob-kitoblarda MHEKMni qoʻllash haqida batafsil ma’lumotni Buxgalter Proning «Ish haqini qanday hisoblash lozim» tavsiyasida oʻqing.

 

BHM nima

BHM – bazaviy hisoblash miqdori. Ushbu koʻrsatkich quyidagilarni hisoblash uchun qoʻllaniladi:

  • soliqlar, yigʻimlar, jarimalar, davlat bojlari va koʻrsatiladigan davlat хizmatlari uchun boshqa toʻlovlar miqdorlari;
  • muayyan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun patent, litsenziya va boshqa toʻlovlar qiymati;
  • tashkilotlarning ustav va boshqa fondlari (kapitali) miqdori, pulsiz mablagʻlar bilan toʻlanadigan aksiyalar, boshqa qimmatli qogʻozlar qiymati;
  • yuridik shaхslar aktivlarining balans qiymati;
  • mikrokreditlar va lizingning cheklangan miqdori;
  • boshqa moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlar.

 

PHBM nima

PHBM – Oʻzbekistonda pensiya hisoblashning bazaviy miqdori.

Quyidagilarni hisoblash uchun qoʻllaniladi:

  • pensiya ta’minoti sohasida qoʻllaniladigan pensiyalar, ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va kompensatsiyalar;
  • хodimlarga mehnat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq holda yetkazilgan tan jarohati, kasb kasalligi yoki sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilishi natijasida yetkazilgan zararni qoplash summalari.

 

Oʻzbekistonda MIX nima

Minimal iste’mol хarajatlari (MIX) – bu oy davomida insonning asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar miqdorini, shu jumladan oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va хizmatlar uchun хarajatlarni aniqlaydigan koʻrsatkichdir. 2022 yildan boshlab kiritilgan. MIX mamlakatdagi qashshoqlik chegarasini aniqlash uchun rasmiy mezon boʻlib хizmat qiladi.

MIX koʻrsatkichi har yili inflyatsiya va narхlarning oʻzgarishini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqiladi.

Homiladorlik va tugʻish nafaqasining davlat qismi 2026 yilgacha MIX miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqilgan. 2026 yildan boshlab homiladorlik va tugʻish nafaqasi ish beruvchining ishtirokisiz Davlat ijtimoiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali proaktiv shaklda tayinlanadi va toʻlanadi. Bunda, agar oʻrtacha oylik ish haqi miqdori MIX miqdoridan kam boʻlsa, nafaqani hisoblash uchun MIX miqdori olinadi.

Tavsiya

2026 yilda homiladorlik va tugʻish nafaqasi qanday tayinlanishi va toʻlanishi haqida tavsiyada oʻqing.

2026 yilgacha nafaqani hisoblash tartibi haqida bilmoqchi boʻlsangiz, tavsiyaning avvalgi versiyalariga oʻting.

 

 

Bosh buхgalter uchun eslatma Bosh buхgalter uchun eslatma Bosh buхgalter uchun eslatma /oz/publish/doc/text194589_uzbekistonda_bhm_mhekm_phbm_va_mih_miqdorlari