Yangi import bojlariga tuzatish kiritilmoqda

preview

2020 yil uchun tasdiqlangan transport vositalari boʻyicha ayrim stavkalarni pasaytirishga qaror qilindi (9.12.2019 yildagi PQ-4545-son qarorning 6-ilovasiga qarang).

Bunda teхnik хatoga yoʻl qoʻyilgan – oʻzgartirishlar 2020 yil uchun stavkalar tasdiqlangan Prezidentning 2.10.2019 yildagi PQ-4470-son qaroriga emas, balki 2018 yil 29 iyundagi PQ-3818-son qaroriga (2019 yil uchun stavkalar) rasmiylashtirilgan. Shu tufayli amaliyotda chalkashliklar yuzaga kelishi mumkin.

Agar hammasi joy-joyiga qoʻyilsa, quyidagi manzara namoyon boʻladi:

TIF TN kodi

(2017 yil versiyasi)

Tovar pozitsiyasining tavsifi

Import bojхona boji stavkasi

 (bojхona qiymatiga nisbatan %da)

2019 yil 1 yanvardan boshlab

(29.06.2018 yildagi PQ-3818-son qaror)

2020 yil 1 yanvardan boshlab

rejalashtirilgan

(2.10.2019 yildagi PQ-4470-son qaror)

yakuniy

(9.12.2019 yildagi PQ-4545-son qaror)

8479 10 000 0

jamoat ishlari, qurilish yoki boshqa shu kabi ishlar uchun uskunalar

mavjud emas

5

0

8702 40

faqat elektr dvigatel yordamida harakatga keltiriladigan, haydovchi bilan 10 nafar yoki undan ortiq kishini tashishga moʻljallangan motorli transport vositalari

mavjud emas

10

0

8703 80

faqat elektr dvigatel yordamida harakatga keltiriladigan transport vositalari -

0

10

0

8704 90 000

faqat elektr dvigatel yordamida harakatga keltiriladigan motorli transport vositalari 

mavjud emas

mavjud emas

0

8711 60

elektr dvigatel yordamida harakatga keltiriladigan aravachalar

20

(TIF TN 8711 kodi boʻyicha tovar pozitsiyasi tarkibida)

20

(TIF TN 8711 kodi boʻyicha tovar pozitsiyasi tarkibida)

0

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.12.2019 yildan kuchga kirdi.

Oleg Zamanov.



 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text156327_yangi_import_bojlariga_tuzatish_kiritilmoqda