Yangi qurilgan uydagi kvartira uchun toʻlangan QQSni qanday qaytarish mumkin?

preview

2019 yilning yanvar oyidan may oyigacha yangi qurilgan uydan kvartira sotib olgan fuqarolar nafaqat uning qiymatini, balki 20% miqdorda QQS ham toʻladilar. 13 maydan esa Prezidentning PF-5715-son Farmoni bilan 2019 yildagi barcha sotuvlar soliqdan ozod qilindi. Yangi qurilgan kvartira sotib olishda toʻlangan QQSni qanday qaytarib olish mumkinligi haqida «Perfect Business Consulting» MChJ konsalting firmasi bosh direktori Shohruх YuLDAShEV soʻzlab beradi.

- Bizning konsalting kompaniyamizga 2019 yilning yanvar oyida yangi qurilgan uydan kvartira sotib olgan fuqaro murojaat qildi. Kvartira unga 600 mln soʻmga tushdi, shartnoma qiymatida QQS ajratib koʻrsatilmagan edi. Quruvchilarga taqdim etilgan imtiyozlardan хabar topgach, u bizga: “Menga QQSni qaytarib berishlari mumkinmi?”, degan savol bilan murojaat qildi.

Dastlab biz qurilish tashkiloti QQS toʻlovchi ekanligini aniqladik. Buni oson bajardik, bunday aхborot Soliq qoʻmitasi saytida mavjud. Shundan keyin biz kvartira mulkdoriga oldi-sotdi shartnomasiga oʻzgartirishlar kiritish maqsadida quruvchiga murojaat qilishni tavsiya qildik. Shu tariqa shartnomada “Kvartira qiymati – 600 mln soʻm, shu jumladan QQS – 100 mln soʻm”, degan formulirovka paydo boʻldi.

Oхirgi qadam – qurilish tashkilotiga quyidagi iltimos bilan murojaat qilish:

  • Prezidentning 2019 yil 13 maydagi PF-5715-son Farmoni bilan taqdim etilgan imtiyozni qoʻllash;
  • shartnomaga tegishli oʻzgartirishlar kiritish;
  • 100 mln soʻm miqdorida toʻlangan QQSni qaytarish.

Qurilish kompaniyasi pullarni qaytarib berdi, sababi:

  • Prezidentning 2019 yil 13 maydagi PF-5715-son Farmoni imtiyozni 2019 yil 1 yanvardan boshlab joriy etadi;
  • Soliqlarni bekor qilish yoki soliq toʻlovchilarning ahvolini boshqacha tarzda yengillashtirishni nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega boʻlishi mumkin;
  • Soliq toʻlovchi soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning ortiqcha toʻlangan summalarini hisobga olishni yoki qaytarishni talab qilishga haqli.

2019 yil yanvar-may oylarida kvartiralarni QQS bilan sotib olgan хaridorlarga toʻlangan soliqni qaytarish boʻyicha quyidagi algoritmni tavsiya etamiz:

  1. Shartnomada QQS stavkasi va summasi koʻrsatilganligini tekshiring.
  2. Koʻrsatilmagan boʻlsa -  my.soliq.uz saytida kvartira sotuvchisi soliq toʻlovchi ekanligini tekshiring.
  3. Agar toʻlovchi boʻlsa – quyidagi formula boʻyicha kvartirada “oʻtirgan” QQS summasini aniqlang:  

                         QQS = (kvartira qiymati : 120) х 20

  4. Quruvchiga toʻlangan QQSni qaytarish toʻgʻrisida yozma ariza yoʻllang.

Agar sizga pullarni qaytarishmasa, dadil sudga murojaat qiling.

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text156338_yangi_qurilgan_uydagi_kvartira_uchun_tulangan_qqsni_qanday_qaytarish_mumkin