9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Kelasi yilning aprel oyidayoq Oʻzbekistonda oʻz imtiyozlari va preferensiyalariga ega oʻrta biznes paydo boʻlishi mumkin. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Prezident qarorining tegishli loyihasini muhokamaga qoʻydi. Agar u oʻzgarishlarsiz qabul qilinsa, oxirgi yillarda yoʻlga qoʻyilayotgan QQS zanjirining butunligiga yangi xavf yuzaga keladi.
Oʻrta biznes toifasiga 100 dan 150 nafargacha xodimga ega ishlab chiqarish korxonalarini, shtatida 70 dan 100 nafargacha kishi boʻlgan qurilish tashkilotlarini kiritish taklif qilinmoqda. Qishloq xoʻjaligi sohasi va ulgurji savdoda bu toifaga shtatida 30 dan 40 nafargacha kishi boʻlgan tashkilotlar, chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida – 20-30 nafar kishi shtatida boʻlgan tashkilotlar kiritiladi.
Ushbu tadbirkorlik sub’yektlariga kichik biznesdagi kabi imtiyozlarni taqdim etish taklif qilinmoqda. Ushbu qismida hujjatni aniqlashtirgan ma’qul. Barcha taqdim etiladigan imtiyozlarni aniq belgilash maqbul koʻrinadi. Bugungi kunda kichik biznesga imtiyozlar turli normativ hujjatlar bilan taqdim etilgan. Bu ularni qoʻllashni qiyinlashtirishi mumkin.
Bu – muhim, sababi ushbu chora-tadbirlar quyidagilarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan:
- xom ashyo va materiallarni dastlabki qayta ishlash;
- butlovchi mahsulotlar, jihoz va asbob-uskunalar, xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlari ishlab chiqarish;
- chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohalari.
Yillik mablagʻlar aylanmasi korxonalarni oʻrta biznesga kiritishning boshqa mezoni hisoblanadi. Yillik aylanmasi 1 mlrd soʻmdan 3 mlrd soʻmgacha boʻlgan korxonalarni QQS toʻlashdan ozod qilish taklif qilinmoqda. Va ushbu siyosiy qaror yoʻlga qoʻyilayotgan QQS zanjirini buzishi mumkin.
Loyiha boʻyicha taklif va fikr-mulohazalarni 27 dekabrga qadar QHTBT portalida bildirish mumkin.
Oleg GAYeVOY