9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Buxgalter.uz buxgalterlarning malaka oshirishi va axborot jihatdan ta’minlanishini kim qoplashini aniqladi. Jami soʻrovda tahririyat telegramm–kanalning 642 nafar foydalanuvchisi ishtirok etdi. Ulardan 426 (66%) nafari: “Hech kim. Mening malakam – mening muammoim”, deb javob berishdi. Va faqat 216 nafari ular uchun ish beruvchilar toʻlashini xabar qilishdi.Demak, har kim oʻz muammosini oʻzi yechishi kerakmi? Islohotlar jarayonida buxgalterga duch keladigan qiyinchiliklarni yengib oʻtishiga kim yordam beradi?
Buxgalterlar, bardam boʻling!
Tez orada 2020 yil 2019 yildan estafetani qabul qiladi. Islohotlar davom etadi: navbatdagi yangi tartiblar eskilarini almashtiradi. Buxgalterlar joriy ishlardan ajralmagan holda soliq solishning, buxgalteriya hisobi va kadrlar ishini yuritishning yangi qoidalarini oʻzlashtirishlari lozim boʻladi.
Oʻtayotgan yilda asosiy kasbga oid oʻzgarishlar talay tadbirkorlik sub’yektlarining soliq solishning umumbelgilangan tizimiga oʻtishi bilan bogʻliq boʻldi. Bu buxgalterlarga qanday ta’sir koʻrsatdi? “Qonun hujjatlaridagi soʻnggi oʻzgartirishlar sizning kasbiy faoliyatingizda qanday aks etdi?”, degan savolga 486 nafar foydalanuvchi javob berdi. Ularning 60%i soliq solishning umumbelgilangan tizimi buxgalteri sifatida qayta oʻqitilishlariga toʻgʻri kelganligini xabar qilishdi.
“2018 yildan avval va undan keyin siz qancha tashkilotda ishladingiz?”, degan savolga 532 nafar respondent javob berdi. Bunda “koʻp tarmoqli”-buxgalterlarning uchdan biri (36%i) ish hajmlari oshganligi bois ilgarigi tashkilotlarning bir qismidan voz kechishlariga toʻgʻri kelganligini ma’lum qilishdi.
Oʻzgarishlar buxgalterning ish haqiga qay darajada ta’sir qilganligi toʻgʻrisidagi savolga 535 nafar kishi javob berdi. 22%i kamroq ish haqi olishni boshlashganini tan olishdi, sababi koʻproq tashkilotni yuritish imkoni boʻlmayapti. Respondentlarning aksariyati har holda ish haqi ilgarigi darajada saqlanib qolganligi yoki uning miqdori oshganligini qayd etganliklari quvontiradi.
Kelayotgan 2020 yil ham buxgalterlar uchun oson kechmaydi: yangi tahrirdagi Soliq kodeksi, elektron hisobvaraq-fakturalarga, onlayn-NKM va virtual kassaga oʻtish, YaMMT va Mehnat kodeksining yangi tahriri, kameral nazoratning yangi qoidalari bilan bogʻliq soliq toʻlovchilarni segmentlash va shundan keyin – XMHSga faol oʻtish. Bularning barchasi oʻrganish, oʻrganish va yana oʻrganish zaruratini taqozo etadi. Faqat vaqt va pul boʻlsa boʻlgani!
Va bu yerda eng qiziq savol tugʻiladi: buxgalterlar oʻz malakasini qanday oshiradi va bu maqsad uchun qancha sarflashadi? Respondentlarning 60%i (531 tadan 320 nafari) ijtimoiy tarmoqlar va telegramm-kanallarida hamkasblarning bepul maslahatlari bilan kifoyalanmoqda. Nima uchun murakkab amaliy masalalarni hal qilishning xatarli usuli eng ommabop boʻldi?
- 1-sabab – buxgalterning oʻta bandligi
Surunkali vaqt yetishmasligi tufayli hamma buxgalterlar ham malaka oshirish kurslari, seminarlar va treninglarga bora olishmaydi.
- 2-sabab – oʻqitish qiymatining yuqoriligi
Koʻp buxgalterlar kasbga oid mavzudagi gazetalarni olishsa, oʻquv markazlariga qatnashsa, malaka oshirish boʻyicha turli servislardan foydalanishsa, qalblari quvonchga toʻlardi. Biroq, ularga ta’lim xizmatlarining qiymati masalasi dolzarbdir. Soʻrov ishtirokchilarining aksariyati bugungi kunda oyiga 6 mln soʻmgacha olishadi. Oʻqish xarajatlari ularning koʻpiga qimmatlik qiladi.


Respondentlarning bir qismi (28%i) malaka oshirish va axborot-ma’lumotnoma tizimlarini xarid qilish uchun yiliga 2 mln soʻmdan ortiq sarflamaydi. Bu pullarga dolzarb mavzulardagi taxminan 4-6 ta seminarga qatnash mumkin. Agar oʻqituvchi normativ bazani biladigan kabinet nazariyotchisi emas, balki tajribali amaliyotchi boʻlsa omadingiz keladi.
Eng arzon oʻquv kurslarining qiymati esa ikkita-uchta seminar qiymatiga teng. Mablagʻlarning bir qismi gazetalar obunasi yoki axborot-qidiruv tizimlariga sarflangan taqdirda ham natija shunday boʻladi. Agarda siz DipIFR yoki CIMA dasturlari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtishni va bunda malaka hujjatini olishni xohlasangiz, endi bu umuman boshqacha tarzdagi xarajatlardir.
Nima uchun ish beruvchi haq toʻlashni xohlamaydi
Nima uchun ish beruvchilar buxgalterlarga kasbiy darajalarini saqlab turish uchun uncha roʻyxushlik bermay yordam bermoqdalar? Buning uchta sababi bor:
1. Har qanday holatda huquqbuzarlik va qoʻshimcha hisoblab yozishning oldini olib boʻlmaydi;
2. Buxgalter boshqa tashkilotlarda qoʻshimcha haq oladi, nima uchun men uning uchun toʻlashim kerak?
3. Qimmat malaka oshirish kurslaridan keyin buxgalter mehnatga yuqori haq toʻlanadigan boshqa ish topishi mumkin. Men esa boshqasini oʻqitishimga toʻgʻri keladi va buning oxiri koʻrinmaydi?
Rahbar uning buxgalteri oʻz “kasbiy faolligini” oʻzi qoʻllab-quvvatlashini istaydi. U hisobda muammo boʻlishini istamaydi, biroq buxgalterning xatosi uchun buxgalterning oʻzi javob beradi, direktorga bu hech ham daxl qilmaydi, degan ishonchda. Pozitsiyasi bunday: “men seni yollayman va ish haqi toʻlayman, sen esa ishlaysan va oʻz muammolaringni mustaqil ravishda hal qilasan”.
Buxgalter.uz siz uchun nima qilishi mumkin
Siz bizga har qanday byudjet bilan, umuman olganda – noldan boshlab kelishingiz mumkin.
Hozir butun kontentdan bepul foydalanish mumkin. Siz roʻyxatdan oʻtib, istalgan materiallarni – oʻzbek va rus tiliga tarjima qilingan yangi normativ-hujjatlar, yangiliklar boʻyicha tushuntirishlar, qonun hujjatlarining murakkab masalalari boʻyicha tushuntirishlar, soliq solish va buxgalteriya hisobi boʻyicha maslahatlar, saytimiz oʻquvchilarining savollariga tajribali amaliyotchi bosh buxgalterlar, yuristlar va kadrlar boʻyicha xodimlarning javoblarini oʻqishingiz mumkin.
Yangi yildan boshlab bizda qoʻshimcha pullik kontent – qadamma-qadam yoʻriqnomalarni oʻz ichiga olgan ma’lumotnomalar paydo boʻladi. Eng oddiy obuna oyiga taxminan 60 ming soʻm turadi. Yopiq ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatidan tashqari, oʻz tarif rejangiz doirasida siz:
- ishdan ajralmagan holda sutkaning istalgan vaqtida bir.uz va Buhshkola.uz tizimlarida oʻz malakangizni bepul baholashingiz va oshirishingiz;
- “Norma” PRM vebinar va seminarlarida ishtirok etishingiz;
- DSXO talabnomalariga javob tayyorlash boʻyicha maslahatlar olishingiz;
- sizning amaliyotingizdan soliqlar va hisob boʻyicha har qanday savollarga ekspertlarimizning yozma va ogʻzaki javoblarini olishingiz mumkin.
Oleg GAYeVOY