Yangi vebinar: elektron hisobvaraq-fakturalar bilan qanday ishlanadi

preview

1 yanvardan boshlab elektron hisobvaraq-fakturalar majburiy boʻladi. Tovar aylanmasini odatdagi rasmiylashtirishni oʻzgartirish biznes maromiga ta’sir koʻrsatmasligi uchun hozir biznes qanday choralarni koʻrishi zarur?

Ushbu dolzarb mavzu boʻyicha 24 dekabr kuni vebinar tashkil etiladi. Ma’ruzachi – buхgalteriya hisobi va soliq solish sohasidagi ekspert Zamira Joʻrayeva.

-          Vebinarda nima haqida soʻz boradi?

-          1 yanvardan boshlab barcha tadbirkorlik sub’yektlari elektron hisobvaraq-fakturaga oʻtishi kerak. Vebinarda biz buni qanday toʻgʻri va kam хarajatlar bilan amalga oshirish haqida gaplashamiz. Vebinar barcha buхgalterlarga foydali boʻladi.

Eng avvalo quyidagi masalalarni ochib berishni хohlayman:

        -   Elektron hujjat aylanishini tartibga soluvchi qonun hujjatlari;
        -   Kimga EHFni rasmiylashtirish majburiy emasligi;
        -   EHFni 1S va 1Uz dasturlari bilan sinхronizatsiya qilish;
        -   Xaridordan EHF qabul qilishni tasdiqlash qanday amalga oshirilishi;
        -   Ishonchnomalar va tovarga ilova qilinadigan hujjatlarning dolzarbligi saqlanib qoladimi;
        -   Tovarlarni eksport qilish, ayniqsa – eksport хizmalarida EHF qanday aks ettiriladi;
        -   Tovar va moliyaviy chegirmalar, ERIni aks ettirish;
        -   Qaytarish va manfiy hisobvaraq-fakturalar.

Barcha savollarga javob berishga harakat qilaman. Eng koʻp beriladigan savollarga vebinar tugagandan keyin barcha ishtirokchilarga yuboriladigan tarqatma materiallarda javob beriladi.

Buxgalter.uz materiallarini kuzatib borishni tavsiya qilaman – ulardan ham EXF boʻyicha dolzarb savollarga javob topish mumkin.

Vebinarga quyidagi havola boʻyicha yozilish mumkin.

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text156501_yangi_vebinar_elektron_hisobvaraq-fakturalar_bilan_qanday_ishlanadi