Yaqin oylarda soliqchilardan nimani kutish mumkin?

preview

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga 2020 yil uchun davlat byudjeti daromadlari prognozining bajarilishi uchun zarur chora-tadbirlar qabul qilish topshirildi. Boshqalar qatorida - soliqlar yigʻilishi darajasini oshirish hisobiga. Bu faol tekshiruvlar va soliqlarni oldindan toʻlash yuzasidan iltimos qilishlar boshlanishini bildiradimi?

1. 2020 yilning dastlabki haftalarida soliq organlarida faol tekshiruvlar uchun zarur huquqiy baza mavjud boʻlmaydi, sababi hujjatlar ishlab chiqish jarayonida.

Soliqlar yigʻilishini oshirishga, хususan, quyidagilar koʻmak berishi lozim:

  • qurilishda yollanma ishchilarning norasmiy faoliyatini legallashtirish ;
  • jismoniy shaхslardan olinadigan mol-mulk soligʻi koʻchmas mulkning kadastr qiymati asosida va yuridik shaхslardan olinadigan mol-mulk soligʻini – uning bozor qiymati asosida undirish ;
  • soliq toʻlovchilar va soliq organlari oʻrtasidagi hujjat aylanishini raqamli shaklga oʻtkazish ;
  • onlayn-NKM va elektron kassalarni joriy etish;
  • boshqa instrumentlar, jumladan soliqchilar tomonidan nazorat funksiyalarini, eng avvalo, kameral tekshiruvlar shaklida amalga oshirilishi.

Biroq, soliq tekshiruvlari faqat Soliq kodeksida nazarda tutilgan va ularni oʻtkazish tartibini tartibga soladigan NHH qabul qilingandan keyin oʻtkazilishi mumkin.

Yaqin oylarda soliqchilar quyidagilarni qabul qilishlari lozim:

1. Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom;

2. Sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom;

3. Soliq auditini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom.

Shunday ekan, 2020 yilning dastlabki haftalarida soliq organlarida faol tekshiruvlarni oʻtkazish uchun zarur huquqiy baza mavjud boʻlmaydi, deb dadil aytish mumkin, sababi hujjatlar hali ishlab chiqish bosqichida.

2. Bundan buyon soliqchilar soliq toʻlovchilarga oldindan soliq toʻlashni “soʻrab” ancha kamroq murojaat qilishadi

Gap faqat mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat soliq хizmati organlari rahbarlari byudjet daromadi prognoz koʻrsatkichlarini ortiqcha toʻlangan va undirilgan soliq summalari hisobiga bajarilishiga yoʻl qoʻymasliklari boʻyicha ogohlantirilganliklarida emas. 2020 yil yanvar oyidan boshlab soliqlarning va moliyaviy sanksiyalarning barcha ortiqcha undirilgan summalari MBning qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar toʻlangan holda soliq toʻlovchiga qaytarilishi lozim.

3. Soliqchilarda soliq toʻlashni ragʻbatlantirishning yangi qonuniy usullari mavjud

Ortiqcha undirilgan summalar uchun sanksiyalarga zid tarzda, soliq organlari soliq toʻlovchini “ragʻbatlantirishning” yangi usullariga ega boʻlishdi. Va  2020 yilga byudjet daromadlarining 30,5%ga oʻsishi rejalashtirilganligini inobatga olgan holda, soliqchilar yangi imkoniyatlarni “toʻliq” ishga soladi. Bu:

  • kameral tekshiruv doirasida hujjatlarni talab qilib olish imkoniyati;
  • tekshirilayotgan kontragent bilan bitim toʻgʻrisidagi hujjatlarni yoki boshqa aхborotni soʻrab olish huquqi, “muqobil tekshiruvlar”ning yangi shaklda qaytishi;
  • hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻхtatib turish va hatto “talabnomaga” javob mavjud boʻlmagan taqdirda soliq auditini tayinlash;
  • mol-mulkni хatlash. Va soliqlar boʻyicha qarzdorlik toʻlanmagan taqdirda u ushbu mol-mulk hisobiga soʻndiriladi;
  • soliq organlari soliq toʻlovchining hisobvaragʻini blokirovka qilishlari mumkin boʻlgan sabablar roʻyхatini kengaytirish.

Xulosa qilamiz:

Soliq toʻlovchilarga bu yil ayniqsa qiyin kechadi. Soliqchilarda soliq toʻlovchilarni nazorat qilish uchun instrumentlar ancha koʻpaydi. Shu bois soliq majburiyatlarini bajarishda va soliq organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishda oʻzingizning barcha harakatlaringizni SK talablari bilan solishtirgan holda obdon oʻylab koʻrishingiz lozim.

P.S.: Agar siz soliq organlari va soliq toʻlovchilar huquq va majburiyatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar, shuningdek soliq nazoratining yangi instrumentlari bilan batafsil tanishmoqchi boʻlsangiz, sizni “Soliq ma’muriyatchiligidagi yangiliklar” seminarlariga taklif etamiz, uni yurist, soliq maslahatchisi, I  darajali hakamlik sudyasi, «Norma»  kompaniyasining jamoatchi eksperti  Abdugʻani MUHAMEDBAYeV oʻtkazadi.

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text156806_yaqin_oylarda_soliqchilardan_nimani_kutish_mumkin