Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
2020 yil 1 yanvardan boshlab Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasi oʻrniga asosiy stavka tushunchasini kiritdi hamda uning miqdorini 16% darajasida belgiladi. Bunda qayta moliyalashtirish stavkasi qonun hujjatlarida belgilangan barcha hollarda oʻz kuchini saqlab qoladi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Bu qayta moliyalashtirish stavkasi qoʻllaniladigan barcha hisob-kitoblarda ilgarigidek koʻrsatkichdan – 16%dan foydalanish lozim.
Asosiy stavka qayta moliyalashtirish stavkasiga qaraganda ikki marta koʻp qayta koʻrib chiqiladi. Eslatib oʻtamiz, MB qayta moliyalashtirish stavkasini bir yilda 4 marta qayta koʻrib chiqqan.