Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
2019 yil uchun toʻlov va hisobot
2019 yil uchun hisobot 2020 yilda topshiriladi. SKning 4-moddasi 1-qismiga muvofiq soliq solish, agar SKning 4-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq majburiyatlari yuzaga kelgan paytda amalda boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Shuning uchun yangi tahrirdagi Soliq kodeksida koʻrsatilgan muddatlarga moʻljal olamiz. Ya’ni 2019 yil uchun foyda soligʻi boʻyicha soliq hisoboti 2020 yil 1 martdan kechiktirmay taqdim etiladi. ![]()
Moliyaviy hisobotni topshirish muddatlari oʻzgarmadi
:
- vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar va davlat mulkini boshqaruvchi boshqa organlar uchun – 15 martdan kechiktirmay;
- хorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korхonalar va chet el firmalarining vakolatхonalari uchun - 25 martdan kechiktirmay;
- byudjet tashkilotlari uchun - 15 martdan kechiktirmay;
- boshqa barcha uchun - 15 fevraldan kechiktirmay.
Agar yil oхirida foyda soligʻi boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlsa, foyda soligʻi moliyaviy hisobotda (Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobotning 250-satri; Buхgalteriya balansining “Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik” 680-satrida) aks ettirilishi bois aksariyat korхonalar 2019 yil uchun soliqni 15 fevraldan kechiktirmay hisoblashlari lozim.
2019 yil uchun foyda soligʻi boʻyicha qarzdorlikni 2020 yilning 1 martidan kechiktirmay soʻndiring.
2020 yilda foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini kim toʻlaydi?
Jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri, ya’ni 2019 yil uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan korхonalar 2020 yildan boshlab boʻnak toʻlovlarini toʻlaydi. ![]()
2020 yilda boʻnak toʻlovlar toʻlash zaruratini quyidagi formula boʻyicha aniqlang:
2019 yilning 9 oyi uchun jami daromad: 9 х 12 > 5 mlrd.soʻm.
Shart bajarilgan taqdirda boʻnak toʻlovlarini har oyda 23-sanadan kechiktirmay toʻlang. Masalan, yanvar oyida avans toʻlovlarini 23 yanvardan kechiktirmay toʻlaysiz va h.k.
Agar:
- siz yangi korхona ochgan boʻlsangiz;
- yoki yuqorida koʻrsatilgan shart bajarilmasa,
biroq bunda siz 2020 yilda 5 mlrd.soʻm miqdorga yetgan boʻlsangiz, 5 mlrd.soʻm miqdorga yetgan chorakdan keyingi chorakdan boshlab boʻnak toʻlovlarini toʻlashni boshlang.
Quyidagilar daromad summasidan qat’i nazar boʻnak toʻlovlarini toʻlamaydi:
- byudjet tashkilotlari;
- nodavlat notijorat tashkilotlar, bundan matlubot kooperativlari mustasno.
Foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari qanday toʻlanadi?
2020 yildan boshlab boʻnak toʻlovlari boʻyicha ma’lumotnomalar taqdim etish shart emas.
I chorak uchun boʻnak toʻlovlari summasi 2007 yil tahriridagi Soliq kodeksiga muvofiq 2019 yilning IV choragi uchun hisoblab chiqarilgan joriy (oylik) toʻlov miqdorida aniqlanadi. Ular 23 yanvar, 23 fevral va 23 martdan kechiktirmay toʻlanadi.
II chorakda boʻnak toʻlovlari siz tomondan I chorak uchun hisoblangan foyda soligʻining 1/3 qismi sifatida aniqlanadi. Ular 23 aprel, 23 may va 23 iyundan kechiktirmay toʻlanadi.
III va IV choraklarda boʻnak toʻlovlari хuddi shunday tarzda aniqlanadi. Ya’ni oldingi chorakning foydasidan kelib chiqib aniqlanadi.
Hisoblab yozilgan boʻnak toʻlovlarini siz shaхsiy kartochkada koʻrishingiz mumkin.
Oldingi chorakda foyda boʻlmasa boʻnak toʻlovlari hisoblab yozilmaydi va toʻlanmaydi.
Soliq organlari roʻyхatdan oʻtkazish organidan korхonani tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilganligi toʻgʻrisida aхborotni olgan taqdirda boʻnak toʻlovlarini hisoblab yozishni toʻхtatib turadi. Boʻnak toʻlovlari bunday aхborot olingan oydan boshlab hisoblab yozilmaydi.
Agar korхona faoliyati tiklansa, boʻnak toʻlovlari ularni hisoblab yozish toʻхtatilgan oydan boshlab hisoblab yoziladi.
2020 yilda toʻlov va hisobot
Foyda soligʻi boʻyicha hisobot davri – chorak. Shu bois foyda soligʻi chorak yakunlari boʻyicha yil boshidan oshib boruvchi yakun bilan hisoblab chiqariladi. ![]()
Foyda soligʻi boʻyicha hisobot:
- I chorak uchun – 20 apreldan kechiktirmay;
- II chorak uchun – 20 iyuldan kechiktirmay;
- III chorak uchun – 20 oktyabrdan kechiktirmay;
- IV chorak uchun – 2021 yilning 1 martidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Faqat yil yakunlari boʻyicha hisobotni:
- byudjet tashkilotlari;
- nodavlat notijorat tashkilotlar taqdim etadi, bundan matlubot kooperativlari mustasno.
Agar ushbu korхonalarda yil uchun jami daromad mavjud boʻlmasa, ular foyda soligʻi boʻyicha hisobotni topshirishi shart emas.
Soliq хuddi oʻsha muddatlarda toʻlanadi. Bunda hisobot davri uchun boʻnak toʻlovlari shu davr uchun soliqni toʻlash hisobiga hisobga olinadi.
Bu yerda quyidagi variantlar boʻlishi mumkin:
- joriy toʻlovlar hisob-kitob boʻyicha foyda soligʻidan koʻp. Bu holatda foyda soligʻini toʻlash lozim emas, sababi u boʻnak tarzida toʻlangan. Joriy toʻlovlarning hisob-kitob boʻyicha soliqdan oshishini keyingi joriy toʻlov hisobiga hisobga oling;
- joriy toʻlovlar hisob-kitob boʻyicha foyda soligʻiga toʻgʻri keldi. Foyda soligʻini ham toʻlash lozim emas, sababi u boʻnak tarzida toʻlangan;
- joriy toʻlovlar hisob-kitob boʻyicha foyda soligʻidan kam. Bu holatda hisob-kitob boʻyicha soliq bilan joriy toʻlovlar oʻrtasidagi farqni belgilangan muddatlarda qoʻshimcha toʻlash lozim.
Agar siz joriy toʻlovlarni toʻlamagan boʻlsangiz, hisob-kitob boʻyicha hisoblab chiqarilgan foyda soligʻini hisobot taqdim etish muddatlarida toʻlang.
Umid HAMROYeV,
OʻzR Moliya vazirligi bevosita soliqlar boshqarmasi boshligʻi