Ikkiyoqlama soliq solish nima va undan qanday qochish mumkin? Ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisidagi bitimlar (ISOTB) qanday ishlashini va chet elda toʻlangan soliqni qanday hisobga olishni koʻrib chiqamiz. ...
2026 yil 1 yanvardan boshlab Soliq kodeksining 354-moddasi 3-qismi norezidentga dividendlar toʻlashda olingan dividendlardan ilgari toʻlangan soliqni kamaytirish imkonini beradi. Oʻzbekiston kompaniyalaridan biri shu tariqa 2 mlrd soʻmni tejashni moʻljallagan edi, biroq soliq organi hisobga olish huquqini tasdiqlamadi.
Keysni «Arkad Audit» autsorsing kompaniyasi rahbari, auditor Natalya TURALINOVA tahlil qiladi. ...
Kompaniya Oʻzbekistonning boshqa bir yuridik shaxsidan dividendlar oldi, bu summaga soliqni toʻlovchi manbaida ushlab qolinadi. Endi kompaniya foydani xorijiy muassisga taqsimlamoqda.
Norezidentga dividend toʻlash chogʻida, olingan dividendlardan avval ushlab qolingan soliq summasiga soliqni kamaytirish mumkinmi?
2026 yil 1 yanvardan boshlab bunday imkoniyat paydo boʻldi. 25.12.2025 yildagi OʻRQ-1108-sonli Qonun bilan Soliq kodeksining 354-moddasiga norezidentlarga toʻlovlar amalga oshirilganda “oʻtuvchi” dividendlar boʻyicha hisobga olishni nazarda tutuvchi 3-qism kiritildi. Ilgari bunday mexanizm faqat Soliq kodeksining 345-moddasi 2 va 3-qismlariga asosan rezidentlarga toʻlovlar uchun qoʻllanilardi. Xoʻsh, hisobga olishni qaysi norezidentlarga nisbatan qoʻllash mumkin?
Soliq kodeksining 354-moddasi 3-qismida “norezident” soʻzi qoʻllanilgan, biroq gap yuridik yoki jismoniy shaxs haqida ketayotganiga aniqlik kiritilmagan. Vaholanki, dividend oluvchining maqomi hisob-kitobga bevosita ta’sir qiladi.
100 mln soʻm miqdoridagi olingan dividendlar boʻyicha ikkita toʻlov uchun jami soliq 5 mln soʻmdan 14,5 mln soʻmgacha miqdorni tashkil etadi. Bunda dividendlar summasi, ulush va egalik qilish muddati bir xil, farq faqat oluvchining maqomi tufayli yuzaga keladi. ...
Kompaniya xorijiy yetkazib beruvchidan dasturiy ta’minot, uni takomillashtirish, joriy etish va texnik qoʻllab-quvvatlash uchun litsenziyalar sotib oladi. Buxgalterning birinchi savoli – soliqni toʻlov manbaida ushlab qolish kerakmi va qanday stavkada?
Faqatgina shartnomaning nomi savolga javob bermaydi: bir xil dasturiy ta’minot uchun ikkita oʻxshash shartnoma turli xil soliq oqibatlariga olib kelishi mumkin.
Ikkala tomonda ham xato qilish mumkin. Agar soliq ushlab qolinmagan boʻlsa, u soliq agentiga penya bilan qoʻshib hisoblanadi – odatda toʻlovni amalga oshirgandan soʻng norezidentdan summani undirish imkoni boʻlmaydi. Agar soliq ob’yekti boʻlmagan joyda ushlab qolingan boʻlsa, kompaniya yana ortiqcha xarajat qilgan boʻladi. Shuning uchun toʻlovni oʻtkazishdan oldin toʻlovning kvalifikatsiyasini aniqlash kerak!
Vaziyatni auditor, "Arkad Audit" autsorsing kompaniyasi rahbari Natalya TURALINOVA tahlil qiladi. ...
Oʻzbekistonda doimiy muassasaga ega boʻlmagan norezidentga ishlar, xizmatlar, royalti, dividendlar yoki foizlar boʻyicha shartnoma asosida daromad toʻlaydigan kompaniya soliq agenti sifatida ish yuritadi: u foyda soligʻini ushlab qolishi va toʻlashi hamda soliq organi oldida hisobot berishi shart. Toʻlov va Hisob-kitobni taqdim etish muddatlari toʻlov yoki tasdiqlovchi hujjat rasmiylashtirilgan sanaga qat’iy bogʻlangan, Hisob-kitob shakli esa my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali toʻldiriladi, bunda bir nechta muhim nozik jihatlarni e’tibordan chetda qoldirish juda oson. ...
Norezidentlardan olinadigan foyda soligʻi hisob-kitobi shaklida (kod 137) oʻzgarish: endi ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish tartibi toʻgʻrisidagi Bitim asosida nol darajali stavkani qoʻllash uchun faqat bitta rezidentlik sertifikati yetarli emas.
Buxgalter.uz iltimosiga koʻra, auditor, «Arkad Audit» autsorsing kompaniyasi rahbari Natalya TURALINOVA izoh beradi: ...
Muayyan sharoitlarga qarab, import uskunalarni montaj qilish soliq oqibatlariga olib kelishi yoki kelmasligi mumkin.
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan «Norma» ekspertlari tushuntirib berishdi: ...
«2025 yil noyabr oyida korxona 1 mlrd soʻmlik chegaradan oshib, foyda soligʻi va QQSni majburiy tartibda toʻlashga oʻtdi. Buxgalter 2025 yilning IV choragi uchun hisobot berdi va soliqni toʻladi. Korxonaning daromadi 10 mlrd soʻmdan oshmaydi.
Mazkur korxona 2026 yilda SKning 337-moddasi 8-qismi 2-xatboshisiga (OʻRQ-1108-son Qonunga asosan chiqarib tashlangan) muvofiq foyda soligʻini 50%ga kamaytirilgan stavkada toʻlash boʻyicha imtiyozga ega boʻladimi?
Soliq maslahatchilarining bu boradagi fikrlari keskin farq qildi: ...
Soliq maslahatchisi Irodaxon ABBOSXONOVA soliq agenti tomonidan toʻlov manbaida ushlab qolinadigan norezidentlarning daromadlaridan olinadigan foyda soligʻini qaytarish tartibi soddalashtirilganini ma’lum qildi. Norezidentning oʻzidan hamon qaytarish uchun ariza topshirish talab etiladi. Ammo keyinchalik masala soliq agentining faol harakatlarisiz hal qilinadi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz saytida: ...
«Xususiy korxona (XK) – MChJning ta’sischisi. 2020 yildan 2025 yilgacha MChJ XKga dividendlar hisoblagan va toʻlagan. Ularni toʻlashda MChJ soliqni ushlab qolgan va byudjetga oʻtkazgan. Xuddi shu davrda XK jismoniy shaxs boʻlgan mulkdorga 5% stavka boʻyicha JShDSni ushlab qolgan va toʻlagan holda dividendlar toʻlagan. Bunda XK MChJdan olingan dividendlar summasiga hisobga olishni amalga oshirmagan (soliq bazasini kamaytirmagan), balki mulkdorga hisoblangan dividendlarning butun summasiga soliq solgan.
XK 2026 yilda mulkdor – jismoniy shaxsga toʻlanadigan dividendlardan olinadigan JShDSni hisob-kitob qilishda 2020–2025 yillarda MChJdan olingan dividendlar summasini hisobga olishga haqlimi? Agar shunday boʻlsa, hisobga olish qanday tartibda amalga oshiriladi?»
Savolga Soliq qoʻmitasi mutaxassislari javob berishdi. Tafsilotlar – buxgalter.uz saytida: ...
Transfert narxni belgilash faqatgina yirik xalqaro xoldinglarga taalluqli emas. Muayyan sharoitlarda TNB me’yorlari umumiy mulkdorlarga ega boʻlgan kichik mahalliy kompaniyalar oʻrtasidagi bitimlarga nisbatan ham qoʻllanilishi mumkin.
Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisida bildirishnoma berish muddati tugashidan oldin – fevral oyida kompaniyangiz bitimlarini tahlil qilishga ulgurib qoling.
Soliq organlari savollariga tayyorgarlik koʻrishga yordam beradigan bosqichma-bosqich algoritmni «Arkad Audit» autsorsing kompaniyasi rahbari Natalya TURALINOVA tayyorladi: ...
Ijarachi ijaraga olingan binoni rekonstruksiya qildi. Operativ ijara shartnomasi ijaraga oluvchining ijaraga olingan ob’yektga kapital qoʻyilmalar bilan bogʻliq hujjatlar bilan tasdiqlangan barcha xarajatlarini ijaraga beruvchi tomonidan toʻliq qoplanishini nazarda tutadi.
«Norma» eksperti Irina AXMETOVA bunday kapital qoʻyilmalarni buxgalteriya hisobida qanday toʻgʻri aks ettirishni tushuntirdi: ...
Korxona aylanmadan olinadigan soliq toʻlagan, 2025 yil 1 avgustdan esa QQS va foyda soligʻiga oʻtgan. Bunday holda soliq va moliyaviy hisobotni qanday taqdim etish kerakligini «Norma» ekspertlari tushuntirdilar: ...
Soliq toʻlovchilar oʻtgan yilda tuzilgan nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisida soliq organlarini xabardor qilishi shart. «Norma» ekspertlari buni qanday amalga oshirish va xabarnoma yuborilmasa, nima boʻlishini tushuntirdi. ...
Moliyaviy hisob va soliq solish boʻyicha ekspert Umid HAMROYeV buxgalter.uz iltimosiga koʻra oshiruvchi koeffitsiyentli ijara toʻlovi stavkalarini qoʻllash tartibini tushuntirdi.
Materialda – hisob-kitob (agar shartnoma boʻyicha ijara summasi – eng kam stavkadan past va yuqori boʻlsa), jismoniy shaxslar oʻrtasidagi ssuda shartnomasi boʻyicha soliq solish, yuridik shaxs – QQS toʻlovchining ijara va binolarni tekin foydalanishga berishdan olingan daromadlari misollari keltirilgan. ...
Vaziyat: Oʻzbekiston rezidenti boʻlgan jismoniy shaxs Oʻzbekistonda doimiy muassasaga ega boʻlmagan norezident yuridik shaxsdan Oʻzbekiston MChJ ustav fondidagi ulushini sotib oladi.
Qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?
Buxgalter.uz tushuntiradi: ...
Tashkilotda chet elliklar masofadan turib ishlaydi. Ular yangi yil korporativida qatnashish uchun taklif qilindi. Buning uchun ularning Oʻzbekistonga kelishi va banket xarajatlari toʻlab berildi. Ushbu xarajatlarni vakillik xarajatlariga kiritish mumkinmi?
Buxgalter.uz tushuntiradi: ...
Tekshiruvdan oldingi tahlil natijalariga koʻra soliq organi tashkilotga Foyda soligʻi hisob-kitobida mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar koʻrsatilmaganligi, shu munosabat bilan unga foyda soligʻi qoʻshimcha hisoblanishi mumkinligi toʻgʻrisida xabarnoma yubordi. Soliq organining fikricha, ijaraga berishdan olingan daromadlar Foyda soligʻi hisob-kitobining 1-«Jami daromad» ilovasidagi 021-026-satrlarning birida emas, balki 060 (operativ ijara) va 140 (moliyaviy ijara) satrlarida aks ettirilishi lozim.
Bunday holatda tashkilot qanday yoʻl tutishi kerakligini «Norma» eksperti Oleg SOY tushuntirdi: ...
Vaziyat: chet el kompaniyasi Oʻzbekiston korxonasiga ma’lum ishlarni bajarish uchun malakali ishchilarni (xodimlarni) jalb etadi. Shartnoma 1 yildan ortiq muddatga tuzilgan.
Chet el kompaniyasining faoliyati DMning (doimiy muassasaning) shakllanishiga olib keladimi?
Buxgalter.uz tushuntiradi: ...