1 martdan boshlab tadbirkorlar inkassatsiya uchun oʻzlari haq toʻlaydilar

preview

Tegishli oʻzgartirishlar Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 yanvardagi 30-son qarorida nazarda tutilgan.

Ilgari faqat kunlik naqd tushumi 1 EKIHgacha boʻlgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari – 20 gacha) bankka naqd pulni mustaqil ravishda topshirishlari mumkin edi. Bu chegaradan oshgan taqdirda Markaziy bankning inkassatsiya xizmatiga murojaat qilish lozim boʻlgan. Biroq biznes vositachilik haqini toʻlashdan ozod qilingandi – inkassatsiya xarajatlarini banklar qoplashgan.

2018 yilning 1 noyabridan boshlab vaziyat tubdan oʻzgacha tarzda. Naqd pul tushumini  summasidan qat’i nazar oʻzlari topshirishlari uchun imkoniyat bergan holda, barcha xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga yagona qoidalar belgilangan. Oʻrtacha kunlik pul tushumi hajmi faqatgina davriylikka ta’sir koʻrsatadi: 20 BHM (4 460 000 soʻm)gacha boʻlgan summa belgilangan davrlarda topshiriladi yoki inkassatsiya qilinadi, undan ortigʻi – har kuni.

Bundan tashqari, inkassatsiya xizmati koʻrsatish boʻyicha davlat monopoliyasi bekor qilindi. MB xizmati bilan bir qatorda muqobil (xususiy) inkassator xizmatlari faoliyat koʻrsatishi mumkin.

Boshqacha aytganda, endi xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar inkassatorlar xizmatiga murojaat qilgan taqdirda buni qonun hujjatlari talablari tufayli emas, balki oʻz tashabbuslariga koʻra amalga oshiradilar.

Bundan tashabbuskor (xoʻjalik yurituvchi sub’yekt yoki bank) bilan inkassatsiya xizmati oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik ular oʻrtasida tuzilgan shartnoma doirasida qurilishi, buyurtmachi esa – mazkur shartnoma boʻyicha naqd pullarni banklarga yetkazib berilishi boʻyicha xizmatlarga oʻzi haq toʻlashi  mantiqqa toʻgʻri keladi. Mazkur tartib 2020 yil 1 martdan amal qilishni boshlaydi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan.

 Oleg Zamanov.

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text157008_1_martdan_boshlab_tadbirkorlar_inkassaciya_uchun_uzlari_haq_tulaydilar