Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
10 FEVRAL
Aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning soʻnggi kuni. Bunda aylanmadan soliq toʻlovchilar mol-mulk boʻyicha boʻnak toʻlovlarini yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida har chorak uchinchi oyining 10-kunidan kechiktirmay toʻlaydilar
(SK 417-m, 6-q.).
2020 yilning yanvar oyi uchun:
aksiz soligʻi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va toʻlovni toʻlashning soʻnggi kuni (SK 292, 293-m);
Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi tomonidan oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyхatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi aхborotni taqdim etishning soʻnggi kuni (Soliq kodeksi, 133-modda, 12-qism).