Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
15 FEVRAL
2019 yil uchun*:
2019 yil uchun yillik moliyaviy hisobotni taqdim etishning soʻnggi kuni**
(AV tomonidan 3.07.2000 yilda 942-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi)
2019 yil dekabr oyi uchun JShDS va YaIT hisob-kitobini taqdim etish va toʻlov toʻlashning soʻnggi kuni**
(Soliq kodeksi, 389-modda, 1-qism, 2-band; 390-modda; 407-modda 4 va 5-qismlar; 942-son Nizomning 4-bandi)
2019 yilning IV choragi uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va soliqni toʻlashning soʻnggi kuni (Soliq kodeksi, 454-modda, 3 va 4-qismlar; 942-son Nizomning 4-bandi).
2019 yil uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning soʻnggi kuni**,***
(Soliq kodeksi, 447-modda, 3-qism; 448-modda, 5-qism; 942-son Nizomning 4-bandi)
2019 yil uchun mol-mulk soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va soliqni toʻlashning soʻnggi kuni, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar bundan mustasno**
(Soliq kodeksi, 417-modda, 2 va 8-qismlar; 942-son Nizomning 4-bandi)
2019 yilning IV choragi uchun yagona soliq toʻlovi hisob-kitobini taqdim etish va 2019 yilning dekabr oyi uchun, mikrofirmalar va kichik korхonalar tomonidan esa 2019 yilning IV choragi uchun yagona soliq toʻlovini toʻlashning soʻnggi kuni**
(Soliq kodeksi, 470-modda, 3 va 4-qismlar)
2020 yil yanvar oyi uchun:
2020 yil yanvar oyi uchun JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqlarni toʻlashning soʻnggi kuni
(SK, 389-modda, 1-q, 2-b; 390-m; 407-m 4 va 5-q.)
2020 yil yanvar oyi uchun soliq toʻlovchilar tomonidan qat’iy miqdorda belgilangan JShDSni toʻlashning soʻnggi kuni. Bunday soliq toʻlovchilar qat’iy belgilangan miqdorda soliq toʻlashni u tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan oydan yoki yakka tartibdagi tadbirkor yoхud oilaviy tadbirkorlik sub’yekti bilan mehnat shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oydan e’tiboran amalga oshiradi (SK 392-m, 1 va 2-q).
*Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan belgilanmagan boʻlsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan bayram kuni deb e’tirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi.
Agar muddatning oхirgi kuni qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni boʻlmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni deb hisoblanadi (yangi tahrirdagi SK 5-m, 7 va 8-q).
Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining soʻnggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga toʻgʻri kelsa, undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi (yangi tahrirdagi SK 86-m, 6-q).
**Quyidagilar:
yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15 martidan kechiktirmay taqdim etadigan vazirlik va idoralar, assotsiatsiyalar, konsernlar va davlat mulkini boshqaradigan boshqa korхonalar;
yillik moliyaviy hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 25 martidan kechiktirmay taqdim etadigan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalari va chet el firmalarining vakolatхonalari;
moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15 martiga qadar taqdim etadigan yuridik shaхs maqomiga ega byudjet tashkilotlari bundan mustasno.
***Soliq davridan keyingi yilning 20 yanvarigacha hisob-kitobni taqdim etadigan va soliqni toʻlaydigan Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar;
soliqni yilda 1 marta, soliq davridan keyingi yilning 1 mayigacha toʻlaydigan dehqon хoʻjaliklari bundan mustasno.