Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
20 FEVRAL
2020 yil yanvar oyi uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning soʻnggi kuni (Soliq kodeksi, 273-modda, 1 va 2-qismlar).
2020 yil fevral oyi uchun soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilari boʻlmagan yuridik shaхslar tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning soʻnggi kuni.
Bunda soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar boʻlmagan yuridik shaхslar, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar har chorak uchinchi oyining 20 sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlaydilar (SK 448-m, 3-q.).
2020 yil yanvar oyi uchun soliq agentlari tomonidan norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning soʻnggi kuni. Bunda soliq summasi norezidentga daromadlar toʻlangan kunning keyingi kunidan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi (SK 355-m, 1 va 2-q.).
2020 yil yanvar oyi uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning soʻnggi kuni (SK 454-m, 3 va 4-q.).
2020 yil yanvar oyi uchun soliq agentlari tomonidan dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisoboti taqdim etishning soʻnggi kuni. Bunda soliq summasi dividendlarni va foizlarni toʻlash muddatidan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi (SK, 345-m., 5 va 6-q.).