Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
23 FEVRAL
Jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan soliq toʻlovchilar tomonidan foyda soligʻi boʻyicha oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning soʻnggi kuni* (SK, 340-m., 2, 8 va 12-q.)**
*Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan belgilanmagan boʻlsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan, bayram kuni deb e’tirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi.
Agar muddatning oхirgi kuni qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni boʻlmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni deb hisoblanadi (yangi tahrirdagi SK 5-m, 7 va 8-q).
Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining soʻnggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga toʻgʻri kelsa, undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi (yangi tahrirdagi SK 86-m, 6-q).
**Agar ushbu 340-moddaning 3-6 qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan har oylik boʻnak toʻlovining summasi manfiy yoki nolga teng boʻlsa, koʻrsatilgan toʻlovlar tegishli chorakda amalga oshirilmaydi (SK 340 m, 7-q.).
Soliq toʻlovchilar, shu jumladan yangidan tashkil etilgan soliq toʻlovchilar jami daromadi joriy hisobot davri mobaynida besh milliard soʻmdan oshganda har oylik boʻnak toʻlovlarini bunday oshib ketish sodir boʻlgan toʻliq chorak oʻtganidan keyin toʻlaydi.
Jami yillik daromadning miqdoridan qat’i nazar, soliq hisobotini soliq boʻyicha faqat soliq davri yakunlari yuzasidan taqdim etuvchi soliq toʻlovchilar har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashmaydi (SK 340-m, 12-q.).
Har oylik boʻnak toʻlovini hisoblab chiqarish soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi (SK 340-m, 11-q.).