Dilshod SULTONOV javob beradi: pudratchi va yordamchi pudratchi uchun QQS

preview

Buxgalter.uz oʻquvchilari savollariga moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOVning javoblarini e’lon qilishni davom ettiradi. Ushbu material – ob’yektlar qurilishini moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga amalga oshirayotgan yuridik shaхslarga QQS solish jihatlari haqida.

- Ob’yektlar qurilishini moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga amalga oshirayotgan yuridik shaхslar QQS va foyda soligʻini toʻlashlari shart, ya’ni – aylanmadan olinadigan soliq toʻlashga haqli emas. Ushbu talab markazlashtirilgan manba hisobiga qurilishning barcha ishtirokchilariga – bosh pudratchi ham, yordamchi pudratchilarga ham tatbiq etiladimi?

-  2020 yil 1 yanvarga qadar amal qilgan Soliq kodeksiga asosan soliq solishning soddalashtirilgan tartibi asosida soliq toʻlovchilar qurilishi moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalarini jalb etgan holda amalga oshirilayotgan ob’yektlar boʻyicha QQS toʻlashlari shart boʻlgan .

Bunda mazkur norma qurilishni moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga amalga oshirayotgan yuridik shaхslarga – bosh pudratchilarga tatbiq etilgan, bu qurilishda ishtirok etuvchi va umumiy qurilish doirasida alohida ishlarni (хizmatlarni) bajaradigan yordamchi pudratchilarga tegishli  emas.

Yangi SKda mazkur norma saqlanib qolgan, lekin unga aniqlik kiritilgan: markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan ob’yektlar  (joriy va kapital ta’mirlash bundan mustasno) qurilishini amalga oshiruvchi  yuridik shaхslar aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga haqli emas .

Shu tariqa, QQS toʻlash toʻgʻrisidagi talab buyurtmachi bilan qurilish pudrati shartnomasini tuzgan pudratchiga (bosh pudratchiga) taalluqli. Bosh pudratchi bilan markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan ob’yektlarni qurish yuzasidan pudrat shartnomasini tuzgan yordamchi pudratchilarga QQS va foyda soligʻi toʻlashga oʻtish toʻgʻrisidagi talab tatbiq etilmaydi.

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text157766_dilshod_sultonov_javob_beradi_pudratchi_va_erdamchi_pudratchi_uchun_qqs