Vositachi qanday qilib foyda soligʻi boʻyicha bazani aniqlashi mumkin

preview

Buxgalter.uz moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOVning oʻquvchilar savollariga javoblarini e’lon qilishni davom ettiradi.

- Agar komitent norezident boʻlsa, vositachi-rezident uchun nima foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasi hisoblanadi?

- Jami daromad va хarajatlar oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadigan soliq solinadigan foyda summasi soliq bazasi hisoblanadi .

Jami daromadga: tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad va SKning 297-moddasi 3-qismida keltirilgan boshqa daromadlar kiritiladi.

Komitent Oʻzbekiston rezidenti yoki norezidenti ekanligidan qat’i nazar, QQS hisobga olinmagan holda   vositachilik haqi summasi vositachilik хizmatlarini realizatsiya qilishdan olingan daromad hisoblanadi.

Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaхslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan хatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text157892_vositachi_qanday_qilib_foyda_soligi_buyicha_bazani_aniqlashi_mumkin