Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Buxgalter.uz moliya vaziri oʻrinbosari Dilshod SULTONOVning oʻquvchilar savollariga javoblarini e’lon qilishni davom ettiradi. 
- Norezidentlarning daromadlaridan soliqni ushlab qolgan soliq agentlari tomonidan Soliq kodeksining 339-moddasi 5-qismiga muvofiq choraklik soliq hisoboti hisobot davridan keyingi oyning 20-kunidan, yillik soliq hisobotini soliq davri oʻtgandan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay topshiriladimi?
- Soliq agentlari tomonidan norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisoboti daromadlar toʻlangan oydan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi
.
Ya’ni norezidentlarning daromadlari boʻyicha hisobot ortib boruvchi yakun bilan faqat bunday daromadlar toʻlangan oylar uchun taqdim etiladi.
Soliq agenti oʻz faoliyati boʻyicha foyda soligʻi toʻlovchisi hisoblanadigan boʻlsa, foyda soligʻi boʻyicha soliq hisobotini quyidagi muddatlarda taqdim etadi
:
- choraklik hisobotni – hisobot davridan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay;
- yil yakunlari boʻyicha hisobotni – soliq davri oʻtgandan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay.
Soliq agenti oʻz faoliyati boʻyicha aylanmadan olinadigan soliqni toʻlaydigan boʻlsa, u aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisobotni quyidagi muddatlarda taqdim etadi
:
- choraklik hisobotni – hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay;
- yil yakunlari boʻyicha hisobotni – soliq davridan keyingi davrning 15 fevralidan kechiktirmay.