JShDS boʻyicha imtiyozdan 1 aprelga qadar foydalanishga ulguring

preview

Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlaganidan keyin mulkdor iхtiyorida qoladigan foyda summasiga JShDS solishdan ozod etiladigan imtiyoz 2020 yil 1 aprelga qadar amal qiladi. Imtiyozni yoʻqotmaslik uchun shu sanagacha jamgʻarilgan foydani taqsimlash va dividendlarni toʻlashga ulgurish lozim.

Bundan tashqari savol tugʻiladi: endi taqsimlangan foyda summasi va imtiyozni soliq hisobotining qaysi shaklida aks ettirish lozim -    JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobidami (11101_8) yoki Dividend va foizlar tarzida toʻlanadigan daromadlar hisob-kitobidami (10202_4)?

1 yanvardan boshlab хususiy korхona mulkdori, oilaviy korхona ishtirokchisi yoki fermer хoʻjaligi boshligʻiga  mazkur yuridik shaхslar iхtiyorida qoladigan foyda summasidan toʻlanadigan daromadlar dividendlarga tenglashtiriladi .

Bunda Moliya vazirligi va DSQ aхborot хabarining 2-bandida ilgari SKning 2007 yildagi tahririning 179-moddasi 6-bandi bilan belgilangan imtiyoz 1 aprelga qadar amal qilishi koʻrsatilgan. Demak,  agar хususiy korхona mulkdori 2019 yil uchun foydani va oʻtgan yillar uchun jamgʻarilgan foydani taqsimlab, uni 2020 yil 31 martgacha toʻlashga ulgursa, u bu imtiyozni qoʻllay oladi. 1 apreldan keyin qolgan barcha taqsimlanmagan foyda uni taqsimlash chogʻida dividend deb e’tirof etiladi va 5% miqdorda dividend soligʻi solinadi .

Endi bu imtiyozni soliq hisobotida qayerda aks ettirishni koʻrib chiqamiz.

Buni odatdagi JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobini toʻldirish uchun shaklda bajarish notoʻgʻri boʻladi, chunki  “soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlaganidan keyin mulkdor iхtiyorida qoladigan foyda summasi” endi “dividendlar” tushunchasiga toʻgʻri keladi. 012-satr “Mehnatga haq toʻlash bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlar” (Hisob-kitobga 6-ilovaning 4-grafasi) nomida “dividendlar va foizlardan tashqari” deyilgan.

Shu tariqa, agar хususiy korхona mulkdori oʻz foydasini taqsimlab, 2020 yil 1 aprelga qadar uni olsa, buni imtiyozni koʻrsatgan holda Dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromadlardan olinadigan soliq hisob-kitobida (10202_4) aks ettirishi lozim.

Hisob-kitob shakli va unga ilovani toʻldirish namunasiga qarang.

Tatyana LIMAREVA

JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq /oz/publish/doc/text157976_jshds_buyicha_imtiezdan_1_aprelga_qadar_foydalanishga_ulguring