JShDS va ijtimoiy soliq

Material sanasi 03.09.2026
IT Park rezidentlari soliq organlarining talablarini olishadi, ularga oʻrindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga nisbatan 12% stavka boʻyicha JShDSni qoʻshimcha hisoblash taklif etiladi. Bunga asos bormi? Buxgalter.uz iltimosiga koʻra, Profi Training biznes-treneri Yuliya PAKIDIShEVA (ACCA DipIFR, CAP) yuzaga kelgan vaziyatni tahlil qiladi: ... 

Material sanasi 20.08.2026
Ijtimoiy soliqning pasaytirilgan 1 foizlik stavkasini qoʻllaydigan xizmat koʻrsatish sohasi kompaniyasi soʻramoqda: ushbu imtiyoz mehnat shartnomasi boʻyicha emas, balki FHX shartnoma boʻyicha rasmiylashtirilgan jismoniy shaxslarga tatbiq etiladimi? Bu mavzu 2025–2027 yillarda chakana savdo, umumiy ovqatlanish, mehmonxona ishi, avtotransportda tashish, avtoservis, kompyuter xizmatlari, agro va veterinariya xizmatlari, koʻngilochar markazlarda ijtimoiy soliqning imtiyozli stavkasidan foydalanuvchi – va bir vaqtning oʻzida fuqarolik-huquqiy shartnomalar boʻyicha ijrochilarni jalb qiluvchi barchaga taalluqlidir. ... 

Material sanasi 06.05.2026
Koʻchma va qatnash tarzidagi ishlar uchun ustamalarni qanday toʻgʻri hisobga olish kerak? JShDS va ijtimoiy soliqni toʻlashda soliq oqibatlari yuzaga keladimi? Agar xodim allaqachon ustama olayotgan boʻlsa, unga «sutkalik» toʻlovlarni toʻlash kerakmi? Nihoyat, bunday toʻlovlar boʻyicha qanday hisobot berish kerak? Buxgalter.uz tushuntiradi: ... 

Material sanasi 05.05.2026
Yangi qoidalarga koʻra, JShDS boʻyicha hisobotni toʻldirishda ikkita alohida shakldan foydalanamiz – Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq hisob-kitobi (46-kod, 11101_20 paketi) hamda Mol-mulk ijarasi boʻyicha toʻlov manbaida hisoblab chiqariladigan daromad soligʻi (186-kod, 11104_1 paketi). Ushbu shakllarni toʻldirishda buxgalterlar nimalarga e’tibor qaratishlari kerakligini «TAX CONSENSUS» MChJ soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Irodaxon ABBOSXONOVA tushuntirib berdi: ... 

Material sanasi 01.05.2026
Vaziyat: tashkilot 2023-2025 yillarda bolalikdan II guruh nogironi boʻlgan xodim ish haqining bir qismini ixtiyoriy ravishda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga yoʻnaltirgan. U bu mablagʻlardan soliq davri tugashini kutmasdan foydalangan. Shundan soʻng, Soliq qoʻmitasidan ushbu summadan – deyarli 80 million soʻmdan JShDS toʻlashi kerakligi haqida xabarnoma oldi. Asos – ShJBPHga ixtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan mablagʻlar qismida JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 04.06.2010 y. AV roʻyxat raqami 2111-son. Soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA regulyatorning bunday qarori qonuniyligiga shubha bildirdi. Mana uning dalillari: ... 

Material sanasi 24.03.2026
Vaziyat: 95% va 5% ulushga ega boʻlgan ikki ta’sischi (jismoniy shaxs) oʻz ulushlarini uchinchi shaxsga nominal qiymatidan past narxda sotadi. Xaridor-jismoniy shaxs MChJning yagona ta’sischisiga aylanadi. MChJ ustav fondidagi ulushni nominal qiymatidan past narxda oldi-sotdi qilish boʻyicha bitim ishtirokchilari qanday soliqlarni toʻlashlari kerakligi haqida «Norma» eksperti Dilorom SAIDOVA tushuntiradi: ... 

Material sanasi 12.03.2026
«Norezident yanvar-iyul oylarida xizmat koʻrsatgan. Xizmatlar koʻrsatilganligi faktini korxona va norezident tomonidan har oyda imzolanadigan xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi dalolatnomalar tasdiqlaydi. Unga daromad JShDS ushlab qolingan holda toʻlangan, chunki u rezidentlik sertifikatini faqat oʻsha yilning iyul oyida taqdim etgan. Yanvar-iyun oylari uchun JShDSni qayta hisoblash mumkinmi? Buxgalter.uz tushuntiradi: ... 

Material sanasi 06.03.2026
Soliq kodeksining 380-moddasi 1-qismi boʻyicha imtiyozga ega boʻlgan xodimning mehnatiga haq toʻlash 2026 yilning yanvar va fevral oylarida MHTEKMning 1,41 baravaridan kamni tashkil etgan. Agar daromad imtiyozdan kam boʻlsa, fevral oyi uchun JShDS va ShJBPHga toʻlovlarni qanday hisoblash mumkin? Buxgalter.uz tushuntiradi: ... 

Material sanasi 11.02.2026
Buxgalterlar 2026 yil yanvar oyi uchun JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobini shakllantirishda ularda toʻlangan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari summasi soliq bazasiga tushmaganligiga duch kelishdi. Hisob-kitobda hammasi Hisob-kitobga 4-ilovadagi 011-satrda va 5-ilovadagi 012-satrda toʻgʻri aks ettirildi. Lekin 7-ustundagi 040-satrda faqat mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromad summasi koʻrsatiladi. Buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA vaziyatni sharhlab berdi: ... 

Material sanasi 10.02.2026
Kompaniya jismoniy shaxsdan avtomobilni ijaraga oldi. Bunda ijaraga beruvchi Toshkent shahrining bir tumanida, ijaraga oluvchi esa boshqa tumanida roʻyxatdan oʻtkazilgan. Buxgalter hisobotni qayerga topshirishi kerak – yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtgan joyga yoki jismoniy shaxs roʻyxatdan oʻtgan joyga? Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA javob berdi: ... 

Material sanasi 02.02.2026
Xodim sud qarori bilan bolaga aliment toʻlaydi. Soliq bazasi qanday aniqlanadi va ushlab qolinadigan summa qanday hisoblanadi? Buxgalter.uz tushuntiradi: ... 

Material sanasi 30.01.2026
Texnopark rezidenti boʻlgan tashkilot xodimlarga moddiy yordam toʻlaydi. Unga 7,5% JShDS stavkasi qoʻllaniladimi? Ijtimoiy soliq hisoblanadimi? Buxgalter.uz tushuntiradi: ... 

Material sanasi 23.01.2026
Hurmatli yanvar oyida faoliyat turingiz bekor qilinishi munosabati bilan YaTTga aylangan sobiq oʻzini oʻzi band qilganlar! Bu yerda bir gap bor... 1% stavka boʻyicha aylanmadan olinadigan soliqdan tashqari siz endi oyiga BHMning 1 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda ijtimoiy soliq toʻlovchisiga aylandingiz. Bu fursatni qoʻldan boy bermang! Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ... 

Material sanasi 06.01.2026
Moliyaviy hisob va soliq solish boʻyicha ekspert Umid HAMROYeV buxgalter.uz iltimosiga koʻra oshiruvchi koeffitsiyentli ijara toʻlovi stavkalarini qoʻllash tartibini tushuntirdi. Materialda – hisob-kitob (agar shartnoma boʻyicha ijara summasi – eng kam stavkadan past va yuqori boʻlsa), jismoniy shaxslar oʻrtasidagi ssuda shartnomasi boʻyicha soliq solish, yuridik shaxs – QQS toʻlovchining ijara va binolarni tekin foydalanishga berishdan olingan daromadlari misollari keltirilgan. ... 

Material sanasi 17.10.2025
Juda keng tarqalgan holat: korxona jismoniy shaxsdan koʻp qavatli uyning birinchi qavatidan kvartira sotib oladi. Uni noturar joyga oʻtkazish va unda, masalan, doʻkon yoki savdo ofisi ochish rejalashtirilmoqda. Soliq oqibatlarini tushuntiramiz: ... 

Material sanasi 07.10.2025
Prezidentning 27.12.2024 yildagi PF-229-son Farmoni va Prezidentning 19.09.2025 yildagi PQ-290-son qarori bilan tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati korxonalariga imtiyozlar berildi. Ushbu normativ-huquqiy hujjatlar imtiyozlarning turli amal qilish muddatlari va ularni qoʻllashning turli tartiblarini belgilaydi. Imtiyozlarni qachon va qanday qoʻllash kerakligini buxgalter.uz iltimosiga koʻra iqtisodiy masalalar boʻyicha mutaxassis Umid HAMROYeV tushuntirib berdi: ... 

Material sanasi 16.09.2025
Soliq organi oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar bilan ishlaydigan soliq toʻlovchilarga JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobotlarini – oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga toʻlovlar summalarini Hisob-kitobning 012 «Mehnatga haq toʻlash bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlar» satrida aks ettirish bilan qayta topshirishlari lozimligi toʻgʻrisida xabardor qildi. Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab berdi: ... 

Material sanasi 21.08.2025
Soliq organlari MHEKMga doir talabga rioya qilinishini nazorat qiladi. Agar sizning JShDS boʻyicha hisobotingizda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam daromad olgan xodimlar aniqlangan boʻlsa, tushuntirish berish yoki aniqlashtirilgan hisob-kitobni taqdim etish talabi bilan xabarnomani kuting. ... 

Material sanasi 11.07.2025
Xodim korxona rahbariga tibbiy muassasa bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha turmush oʻrtogʻining davolanishi uchun haq toʻlashni soʻrab ariza taqdim etdi. Uning arizasi asosida buyruq chiqarildi. Bu vaziyatda JShDS boʻyicha imtiyoz qoʻllaniladimi? Buxgalter.uz tushuntiradi: ... 

Material sanasi 09.07.2025
Oʻzbekistonda soliq toʻlovchilar Soliq kodeksiga oʻz vaqtida kiritilmaganligi sababli Prezident qarori bilan belgilangan imtiyoz amalda qoʻllanilmayotgan holatga muntazam duch kelmoqda. Soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA soliq organlari tomonidan rad etilgan taqdirda ham bunday imtiyozdan foydalanish mumkin, deb hisoblaydi: ...