Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
20 MART
2020 yil fevral oyi uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning soʻnggi kuni
(Soliq kodeksi, 273-modda, 1 va 2-qismlar)
2020 yil mart oyi uchun soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaхslar – aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini yillik soliq summasining 1/12 qismi toʻlashning soʻnggi kuni
soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan yuridik shaхslar – aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan 2020 yilning I choragi uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning soʻnggi kuni
(Soliq kodeksi, 448-modda, 1, 3 va 7-qismlar)
2020 yil fevral oyi uchun soliq agentlari tomonidan norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning soʻnggi kuni. Bunda soliq summasi norezidentga daromadlar toʻlangan kunning keyingi kunidan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi
(Soliq kodeksi, 355-modda, 1 va 2-qismlar)
2020 yil fevral oyi uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning soʻnggi kuni
(Soliq kodeksi, 454-modda, 3 va 4-qismlar)
2020 yil fevral oyi uchun soliq agentlari tomonidan dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisoboti taqdim etishning soʻnggi kuni. Bunda soliq summasi dividendlarni va foizlarni toʻlash muddatidan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi
(Soliq kodeksi, 345-modda, 5 va 6-qismlar)