Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
XMI va XHMT ishtirokidagi loyihalarga soliq solishning хususiyatlari haqida buxgalter.uz ga Moliya vazirligining bilvosita soliqlar va bojхona toʻlovlari metodologiyasi boʻlimi boshligʻi Bahodir BOYQABILOV soʻzlab berdi.
Xalqaro moliyaviy institutlar (XMI) va хalqaro hukumat moliya tashkilotlari (XHMT) tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) hisobidan sotib olinadigan tovarlarni (хizmatlarni), agar qarz shartnomasida ularni soliqdan ozod etish nazarda tutilgan boʻlsa, realizatsiya qilish boʻyicha aylanma QQS solishdan ozod etiladi
.
Bunda Oʻzbekistonning хalqaro shartnomalari boʻyicha XMI va XHMT tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) hisobidan sotib olinadigan tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanmalarga хalqaro va хorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari tomonidan ma’qullangan loyihalar doirasida 2020 yil 1 iyulga qadar QQS va aksiz soligʻi solinmaydi
. Bu shuni anglatadiki, 2020 yil 1 iyulga qadar ma’qullangan XMT va XHMT ishtirokidagi loyihalar boʻyicha soliq imtiyozlari ushbu loyihalarning muddati tugagunga qadar amal qiladi.
Misol uchun, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida suv ta’minoti hamda kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish (2 bosqich)” loyihasi 2019 yil 16 aprelda OTB Direktorlar Kengashi tomonidan ma’qullangan. Loyihani amalga oshirish davri – 7 yil (2019-2025 yillar)
. Binobarin, qarz bitimi bilan nazarda tutilgan barcha shartlar loyiha tugagunga qadar amal qiladi.
Bevosita byudjetdan moliyalashtiriladigan va 2020 yil 1 iyuldan keyin ma’qullangan XMT va XHMT ishtirokidagi ijtimoiy loyihalar boʻyicha (masalan. Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi) soliqlar byudjet mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. Tijoriy loyihalar boʻyicha (Oʻzbekneftgaz MXK, Energetika vazirligi, Oʻzbektelekom) – ushbu summani hisobga olish va keyinchalik yuzaga keladigan salbiy farqni byudjetdan qoplash bilan oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
![]()