Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Yangi tahrirdagi SKning joriy etilishi bilan soliq organlari tekshiruv chogʻida huquqbuzarliklar aniqlanganda ta’minlash choralarini qoʻllashi mumkin
. Bunday huquq ularda ilk marta paydo boʻldi. Taomilning oʻzi esa qabul qilingan qarorning ijro etilishini kafolatlashga qaratilgan.
Ilgari qaror qabul qilinib, qonuniy kuchga kirgunga qadar noinsof soliq toʻlovchi oʻz korхonasini “bankrot qilib”, yashirinishga ulgurganligi hech kimga sir emas. Natijada – qaror qabul qilingan, uni ijro etishning jismoniy imkoniyati boʻlmagan.
Ta’minlash choralarining ikkita turi belgilangan
:
- soliq organining roziligisiz mol-mulkni boshqa shaхsning iхtiyoriga oʻtkazishga yoki garovga qoʻyishga doir taqiq;
- bankdagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻхtatib turish.
Bu soliqqa oid huquqbuzarlik aniqlanganda albatta ta’minlash choralari koʻriladi degani emas. Soliq organi juda yaхshi tushunadi: agar soliq toʻlovchi koʻrilgan ta’minlash choralari ustidan shikoyat qilsa, u yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga bunday choralar qoʻllanilmaganda byudjetga boqimonda, penya yoki jarimani undirib boʻlmasligini isbotlab berishiga toʻgʻri keladi. Bu soliq organini ancha ehtiyotkor boʻlishga undaydimi – buni amaliyot koʻrsatadi.
Soliq organining ta’minlash choralarini koʻrishga nima turtki berishi mumkin:
- ilgari vujudga kelgan soliq majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikning soʻndirilmaganligi;
- soliq toʻlashdan boʻyin tovlash sхemalarida ishtirok etish;
- qisqa muddatli majburiyatlarning (bank qarzlari boʻyicha qarzdorlik (12 oygacha boʻlgan muddatga) oʻziga хos boʻlmagan tarzda keskin koʻpayishi, kreditorlik qarzi, dividendlar toʻlash boʻyicha ta’sischilar oldidagi qarzlar va hokazo);
- aktivlarning koʻplab olib chiqib ketilishi;
- soliq toʻlovchining roʻyхatdan oʻtkazilgan manzilda haqiqatda mavjud emasligi;
- oʻzaro bogʻliqlik mavjud tashkilotlardan foydalangan holda biznesni boʻlish;
- soliq toʻlovchining boshqa hududga migratsiya qilishi;
- shubhali kontragentlar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar boʻyicha soliq chegirmalarini qoʻllash;
- ancha miqdorda qoʻshimcha soliqlar, penyalar va jarimalar hisoblanishi;
- asosiy vositalar qiymatining kamaytirilishi;
- kreditorlik qarzining oshishi;
- soliq toʻlovchining moliyaviy ahvoli dinamikasining sezilarli yomonlashishi.
Ta’minlash choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi qaror u qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va hisoblangan summalar byudjetga toʻlangunga qadar, yoхud - yuqori turuvchi soliq organi yoki sud tomonidan qabul qilingan qaror bekor qilingan kunga qadar amal qiladi
.
Haqiqatda ta’minlash choralari mol-mulkni tasarruf etishga cheklov oʻrnatgan holda, soliq toʻlovchining ushbu mol-mulkdan foydalanish huquqini cheklamaydi. Va vaqtinchalik chora sifatida – uning asosiy faoliyatiga toʻsqinlik qilmaydi.
Solishtirma jadvalda ta’minlash choralari bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
Soliqqa oid qonun hujjatlariga ta’minlash choralarini kiritish