Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻzining 20.03.2020 yildagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan iqtisodiyot tarmoqlariga koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining salbiy ta’sirlarini yumshatish boʻyicha choralar toʻplami tasdiqlandi. Bosh vazir boshchiligida Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi tashkil etildi. U yuzaga keladigan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal qiladi va qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqadi.
Demak, buxgalter.uz belgilangan barcha chora-tadbirlarni jadvalda yigʻdi:
|
№ |
Chora-tadbirlar |
Hajmi pul ifodasida |
Amal qilish muddati |
Ijrochi |
|
I.Umumiqtisodiy chora-tadbirlar |
||||
|
1. |
Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasini tashkil etish. Uning mablagʻlari koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha tadbirlarga, tadbirkorlikni va aholi bandligini qoʻllab-quvvatlashga, jumladan infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirishga yoʻnaltiriladi. |
10 trln soʻm |
Virusga qarshi kurashish tadbirlari vaqtida |
Moliya vazirligi |
|
2. |
Byudjetni qoʻllab-quvvatlash uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va boshqa manbalar hisobidan Davlat byudjeti va Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasini moliyalashtirishni ta’minlash maqsadida tashqi qarz mablagʻlarini jalb qilish |
1 mlrd AQSh dollarigacha |
2020 yilda |
Vazirlar Mahkamasi |
|
3. |
Yuzaga kelayotgan makroiqtisodiy vaziyatni, shuningdek, quyidagilarni hisobga olgan holda 2020 yil uchun Davlat byudjeti parametrlarini aniqlashtirish:
|
|
2020 yil 1 iyunga qadar |
Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi |
|
4. |
Respublika hududlarida Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi va qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashni nazarda tutuvchi qoʻshimcha infratuzilma loyihalarini shakllantirish |
3,6 trln. soʻmdan ortiq
|
2020 yilga |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari |
|
5. |
Tadbirkorlik sub’yektlariga kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kafillik va kompensatsiyalar taqdim etish hajmlarini oshirishga boʻlgan talabni hisobga olgan holda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi kapitallashuvini oshirish |
500 mlrd soʻmgacha |
|
Vazirlar Mahkamasi |
|
6. |
Cheklovlar amal qiladigan davr uchun yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari kelib chiqqanligi haqida rasmiy xabardor qilish hamda xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning murojaatlari asosida tegishli sertifikatlar berish |
|
Virusga qarshi kurashish tadbirlari vaqtida |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, SSP |
|
II.Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash |
||||
|
1. |
|
|
2020 yil 1 apreldan 1 oktyabrga qadar |
Moliya vazirligi, DSQ |
|
2 |
Turistik (mehmonxona) yigʻimini hisoblash va toʻlash toʻxtatiladi |
|
2020 yil 1 apreldan 1 iyulgacha |
Moliya vazirligi, DSQ, Davlat turizm qoʻmitasi |
|
3. |
Qishloq xoʻjaligidagi yerlarni sugʻorish uchun foydalaniladigan hajmlar boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari oʻrnatilgan stavkalardan 50%ga pasaytiriladi |
|
2020 yilda |
Moliya vazirligi, DSQ |
|
4. |
2019 yil uchun jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish muddati uzaytiriladi |
|
2020 yil 1 avgustga qadar |
Moliya vazirligi, DSQ |
|
5. |
Jismoniy shaxslarning mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlash muddati uzaytiriladi |
|
2020 yil 15 oktyabrga qadar |
Moliya vazirligi, DSQ |
|
6. |
Jismoniy shaxslar tomonidan xayriya tashkilotlaridan moddiy naf tarzida olinadigan daromadlar soliqqa tortishdan ozod qilinadi |
|
2020 yil 1 apreldan boshlab |
Moliya vazirligi |
|
7. |
Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga faoliyati turizm sohasiga bevosita yoki bilvosita bogʻliq boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining qat’iy belgilangan summalarini 30%ga kamaytirish tavsiya qilindi |
|
Virusga qarshi kurashish tadbirlari vaqtida |
Mahalliy davlat hokimiyati organlari |
|
8. |
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash boʻyicha foizlarni undirmasdan 6 oyga kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) taqdim etiladi |
|
6 oyga |
Mahalliy davlat hokimiyati organlari |
|
9. |
Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga jarima sanksiyalari qoʻllash toʻxtatiladi; Vaqtincha qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha penyalar hisoblanishini toʻxtatib turiladi, shuningdek, soliq qarzini majburiy undirish choralari koʻrilmaydi |
|
2020 1 oktyabrga qadar |
DSQ |
|
10. |
Soliq toʻlovchilarning davlat soliq xizmati organlariga tashrif buyurmasdan soliq majburiyatlarini bajarishi uchun ularga masofadan xizmat koʻrsatishni kengaytirish choralarini koʻriladi |
|
Muddatsiz |
DSQ |
|
11. |
Tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini soliq auditidan oʻtkazish toʻxtatiladi, jinoyat ishlari doirasida va yuridik shaxsni tugatish munosabati bilan soliq auditidan oʻtkazish bundan mustasno |
|
2021 yil 1 yanvarga qadar |
DSQ |
|
III. Eksportni qoʻllab-quvvatlash |
||||
|
1. |
Tadbirkorlik sub’yektlariga:
|
|
2020 yil davomida |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
|
2. |
Import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining tezkor tartibda, shu jumladan, ruxsat beruvchi hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgunga qadar berish orqali bojxona rasmiylashtiruvi mexanizmini joriy etiladi |
|
2020 yil 1 apreldan boshlab |
DBQ |
|
3. |
Hudud va tarmoqlarda eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasiga eksport qiluvchilarning transport xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun Eksportni ragʻbatlantirish agentligiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan subsidiyalar taqdim etish haqida mustaqil qarorlar qabul qilish huquqi beriladi |
|
2020 yil 1 oktyabrga qadar |
Respublika komissiyasi |
|
IV. Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash |
||||
|
1. |
Koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan ota-onalar (ular oʻrnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar), shuningdek, ularning 14 yoshgacha boʻlgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga oʻrtacha oylik ish haqining 100%i miqdorida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi toʻlanadi. Koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan yoki karantinga joylashtirilgan, shuningdek, 14 yoshga toʻlmagan bolaning ota-onasi (uning oʻrnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar) boʻlgan xodimlar bilan mehnat shartnomalarini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi |
|
Virusga qarshi kurashish tadbirlari vaqtida |
Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
|
2. |
14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa, bola 2 yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni 10%ga oshiriladi |
|
2020 yil 1 apreldan boshlab |
Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
|
3. |
Tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlar koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6% miqdorida har kunlik qoʻshimcha toʻlovlar joriy qilinadi. Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan va oʻz faoliyatini toʻxtatgan maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va oliy ta’lim muassasalari, sport va madaniyat muassasalari xodimlarining ish haqlarini oʻz vaqtida toʻlab berilishi ta’minlanadi. Aholiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni taqdim etishning soddalashtirilgan tizimi joriy etiladi |
|
Virusga qarshi kurashish tadbirlari vaqtida |
Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
4. |
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarning faoliyati toʻxtatilgan davrda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumta’lim maktablari boshlangʻich sinflari oʻquvchilarining ota-onalariga (ular oʻrnini bosuvchi shaxslarga, vasiylarga, homiylarga) yillik ta’tildan foydalanish grafigidan qat’i nazar (shu jumladan, 6 oydan kam ishlaganlarga) yillik ta’til taqdim etiladi. Ish beruvchilar xodimlarni, ayniqsa homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan hamda surunkali kasallikka chalingan shaxslarni, ularning roziligi bilan, masofadan turib ishlash usuliga, qulay ish grafigiga yoki uydan turib ishlashga oʻtkazishlari mumkin |
|
Virusga qarshi kurashish tadbirlari vaqtida |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
|
V. Moliyaviy barqarorlikni qoʻllab-quvvatlash |
||||
|
1. |
Pul-kredit siyosati instrumentlaridan faol foydalanish uchun mablagʻlar taqdim etiladi
|
Har oyda 1 trln soʻmgacha |
Virusga qarshi kurashish tadbirlari vaqtida |
Markaziy bank |
|
2. |
Bankomatlarning yetarli miqdordagi naqd pul mablagʻlari bilan uzluksiz ta’minlanishi, shuningdek, masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirishni ragʻbatlantirish choralari joriy etiladi |
|
Muddatsiz |
Markaziy bank |
|
3. |
Turistik operatorlarga, mehmonxona biznesi sub’yektlariga, transport-logistika kompaniyalariga va turizm tarmogʻining boshqa korxonalariga, shuningdek, tashqi savdo operatsiyalariga joriy etilgan cheklovlar tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga ajratilgan kreditlar boʻyicha qarzdorliklarni toʻlash boʻyicha kechiktirishni (jarima sanksiyalarini hisoblamagan holda) uzaytirish taqdim etiladi |
5 trln soʻm |
2020 yil 1 oktyabrga qadar |
Markaziy bank, tijorat banklari |
|
4. |
Xususiy tadbirkorlik korxonalariga taqdim etilgan aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun, shu jumladan, iste’mol bozorini eng zarur tovarlar bilan toʻldirish uchun qayta tiklanadigan revolver kreditlar ajratish |
|
Virusga qarshi kurashish tadbirlari vaqtida |
Markaziy bank, tijorat banklari |
|
5. |
Kredit portfelini stress-testdan oʻtkazish, shuningdek, muammoli kreditlarning ortish xavfi mavjud boʻlgan tijorat banklari tomonidan aktivlar sifatini baholab borish natijalari taqdim etiladi |
|
2020 yil 1 iyunga qadar |
Markaziy bank, tijorat banklari |
|
6. |
Uzbekistan airways” AJning kreditini qoplash grafigi qarzdorliklar toʻlovini toʻxtatgan holda qayta koʻrib chiqilali |
111 mln AQSh doll. |
2020 yilga |
Milliy bank |
|
VI. Oziq-ovqat bilan ta’minlash chora-tadbirlari |
||||
|
1 |
Ishlab chiqarish quvvatlaridan toʻliq foydalanish uchun ularning birjaga qoʻyish hajmini oshirish choralarini koʻrgan holda iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan xom ashyo resurslari hajmlarini monitoring qilish joriy etiladi. Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi tomonidan importga xarid qilinadigan va intervensiya amalga oshiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining roʻyxati va zarur hajmlari aniqlanadi. Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarining bozorlardagi narxlari ustidan kunlik monitoring oʻtkazish hamda ularning narxlarini sun’iy oshirish, sun’iy tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirishga yoʻl qoʻymaslik ustidan qat’iy nazorat joriy etiladi. |
|
Virusga qarshi kurashish tadbirlari vaqtida |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi |
|
2. |
Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasiga oziq-ovqat mahsulotlarini shartnomalar asosida yoki birja savdolari orqali erkin narxlarda, bozorni toʻldirish va ichki bozorlardagi mahsulotlar narxlarini barqarorlashtirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish uchun yetarli hajmlarda sotishni ta’minlash topshirildi |
|
Virusga qarshi kurashish tadbirlari vaqtida |
Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi |
|
VII. Aholini xabardor qilish boʻicha chora-tadbirlar |
||||
|
1. |
Oshib borayotgan yuklamani hisobga olgan holda telekommunikatsiya infratuzilmasining barqaror faoliyatini ta’minlash choralarini koʻrsin hamda aholi va tadbirkorlik sub’yektlari murojaatlarini qabul qilish uchun “tezkor aloqa liniyalari”ning uzluksiz ishlashini ta’minlashsin |
|
Virusga qarshi kurashish tadbirlari vaqtida |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
2. |
Koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish hamda uning iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishga salbiy ta’sirini yumshatish boʻyicha koʻrilayotgan choralar haqida aholi oʻrtasida tizimli ravishda axborot-ma’rifiy ishlarni tashkil etish |
|
Virusga qarshi kurashish tadbirlari vaqtida |
Milliy teleradiokompaniya, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Markaziy bank |
Jorilla ABDULLAYeV,
"Norma" eksperti