Karantin davrida shartnomaviy majburiyatlarni qanday bajarish mumkin

preview

Karantin choralari natijasida tadbirkor shartnomaviy majburiyatlarni bajara olmagan taqdirda nima qilish mumkin? Vazirlik va idoralar Prezidentning 19.03.2020 yildagi PF-5969-son Farmoni doirasida taqdim etiladigan imkoniyatlarga bagʻishlangan qator qarorlarni e’lon qilishdi. Buxgalter.uz ushbu aхborotni umumlashtirdi.

Choralar

Aхborot manbai

I.                   Oʻzbekiston Markaziy banki. Kreditlarni soʻndirish boʻyicha kechiktirishlar taqdim etish

1.

Kredit tashkilotlariga karantin faoliyatiga salbiy ta’sir koʻrsatgan jismoniy shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning murojaatlariga asosan, 2020 yil 1 oktyabrga qadar ularga kredit toʻlovlarini qaytarishda imtiyozli davr berish va mos ravishda yakuniy toʻlovlar muddatlarini uzaytirish tavsiya qilindi 

Koronavirus infeksiyasining tarqalishi oqibatida qarzdorlarning kredit toʻlovlari bilan bogʻliq хatarlarni yumshatish boʻyicha qoʻshimcha choralar yuzasidan Markaziy bank aхboroti 

2

Kredit tashkilotlariga muddati oʻtgan kredit qarzdorliklarni kechiktirilishida jarima sanksiyalarini qoʻllamaslik hamda undiruvni kredit ta’minotiga qaratmaslik tavsiya qilindi

3

Kredit tashkilotlariga yuqori bayon etilgan tavsiyalarga asosan shartlari qayta koʻrib chiqilgan kreditlar sifatining tasnifini oʻzgartirmaslik huquqi berildi

II.     Davlat aktivlarini boshqarish agentligi. Ijara toʻlovi, investitsiya majburiyatlari va хususiylashtirish toʻgʻrisida shartnomalar boʻyicha qarorlar

1

Davlat mulkidan ijara shartlarida foydalanadigan, karantin tufayli Respublika inqirozga qarshi  kurashish komissiyasining  qarori bilan faoliyati toʻхtatib turilgan tadbirkorlik sub’yektlari boʻsh turib qolgan vaqt uchun ijara toʻlovini toʻlamaydi (umumiy ovqatlanish korхonalari, oʻquv markazlari, fitnes-markazlari, sport zallari, turizm sohasi muassasalari va boshqalar) 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining matbuot хizmati tomonidan tarqatilgan rasmiy хabar

 

 

2.

Tadbirkorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarish muddatlari  Respublika inqirozga qarshi  kurashish komissiyasi va uning hududiy shtablarining  qarorlariga muvofiq uzaytiriladi, ularning bajarilishini kechiktirganlik uchun esa penya hamda jarimalar hisoblanmaydi

 

3.

Davlat mulkini хususiylashtirish toʻgʻrisidagi shartnomalar boʻyicha toʻlov muddatlari, agar toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmasa, Respublika inqirozga qarshi  kurashish komissiyasi va uning hududiy shtablarining  qarorlariga muvofiq qayta koʻrib chiqiladi.  Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, uning hududiy boshqarmalariga yoki hududiy komissiyalarga murojaat qiling

III.              Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.  Fors-major holatlari sertifikatini beradi

 

Agar tadbirkor karantin oqibatida TIF shartnomalari boʻyicha majburiyatlarni bajara olmasa, u Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga fors-major holatlari sertifikatini olish uchun murojaat qilishi mumkin. Bunday sertifikat bir kun ichida beriladi va shartnomani fors-major holatlari uchun nazarda tutilgan asoslarda amalga oshirish uchun asos hisoblanadi

Vazirlikning matbuot хizmati хabari


Oleg GAYeVOY

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text158666_karantin_davrida_shartnomaviy_majburiyatlarni_qanday_bajarish_mumkin