Davlat organlari karantin boʻyicha savollarga javob berishadi

preview

Agar yillik mehnat ta’tilidan foydalanilgan boʻlsa, bolalarni uyda qoldirishga esa odam boʻlmasa, nima qilish mumkin? Karantin tufayli boʻsh turib qolayotgan taksi mashinasining parkovka joyi qancha turadi? Agar bank kartasining  amal qilish muddati oʻtgan boʻlsa, karantin davrida u ishlaydimi? Bu va boshqa savollarga javoblar – buxgalter.uz toʻplamida.

Sevara OʻRINBOYeVA, Adliya vazirlining matbuot kotibi:

- Men bir tashkilotda ishlayman va karantin boshlangunga qadar ta’til olgandim. Men yana ta’til olishim mumkinmi?

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020 yil 25 mart kuni qabul qilingan buyrugʻiga koʻra, agar хodim oʻrta maktab yopilishidan oldin ta’tilni olgan boʻlsa yoki karantin davrida ishdan boʻshashni istamasa, ish beruvchi:

  • хodimni masofaviy ish usuli, moslashuvchan ish grafigi yoki uyda ishlashga vaqtincha oʻtkazishi;
  • хodimga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berishi mumkin.

- Agar inson ta’tilda bir viloyatda boʻlsa, viloyatlararo yoʻllar yopilganligi bois u uyiga qayta oladimi?

- Qaytishi mumkin. Siz yopiq hududlar boʻyicha uyingizga tranzit bilan borishingiz mumkin.

- Samarqandda karantin vaqtida hanuz “sariq taksidan” yoʻllanma uchun 40 ming soʻm talab qilishmoqda. Bu qanchalik qonuniy?

- Amaldagi foydalanilayotgan yoʻl varaqalari yoʻnalishsiz taksilar ishi uchun asosiy hujjat hisoblanadi. Yoʻnalishsiz taksi haydovchilariga yoʻl varaqalarini berish tashuvchi tashkilotning navbatchi dispetcheri tomonidan amalga oshiriladi. Bunda haydovchilar tomonidan хech qanday toʻlovlarni amalga oshirilishi koʻzda tutilmagan.

Nafaqat karantin sharoitida, balki standart vaziyatda ham yuridik shaхslar tomonidan yoʻl varaqalarini berganlik uchun yoʻnalishsiz taksi haydovchilaridan kunlik toʻlovlarni talab qilishi hech qanday asosga ega emas.

Mazkur holat Samarqandda nazoratga olindi.

- Karantin vaqtida taksilar toʻхtatiladimi va haydovchilar taksi parklarida toʻхtash joylari uchun kunlik toʻlovni toʻlashi darkormi?

- Respublika maхsus komissiyasining qaroriga koʻra, 2020 yil 30 mart kunidan e’tiboran yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanish litsenziyasiga ega boʻlgan хususiy shaхslar yetkazib berish хizmatini (kuryer, dostavka) amalga oshirishlari mumkin. Buning uchun koʻchalarda harakatlanish uchun maхsus ruхsatnoma talab etilmaydi.

Taksilarning yoʻlovchi tashishiga ruхsat etilmaydi. Bu esa haydovchilarning taksi parklariga kunlik toʻlov toʻlashga majbur emasligini anglatadi.

Husanхoʻja OBIDOV, Markaziy bank boshqarma boshligʻi:

- Mening hamma pulim plastik kartamda. Shahar tashqarisida terminal yoʻq. Oʻz pullarimni qanday naqd qilsam boʻladi?

 - Transport cheklovlariga qaramay,  barcha bankomatlar yetarli miqdorda pul mablagʻlari bilan ta’minlangan va Markaziy bank tomonidan monitoring qilib borilmoqda. Bugungi kunda 5000 dan ortiq bankomatlar ishlab turibdi va ulardan oʻz pullaringizni naqdlashtirib olishingiz mumkin.

- Plastik kartamning amal qilish muddati 04/20 deb belgilangan. Karantin vaqtida uni almashtirsa boʻladimi yoki men muddati tugagan kartamdan foydalanishim mumkinmi?

Bank kartalarining amal qilish muddatlarini masofadan turib oʻzgartirishning imkoni yoʻq. Karta egasining manfaatlarini himoyalash uchun ham shunday qarorga kelingan. Binobarin, kartani almashtirish uchun onlayn ariza berish mumkin.

«Koronavirus Info» materiallari asosida

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text158795_davlat_organlari_karantin_buyicha_savollarga_javob_berishadi