Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Moliya vazirligi soliqqa oid kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash)ni qoʻllashni tushuntirdi
Rasmiy tushuntirish Prezidentning 2020 yil 19 martdagi PF-5969-son va 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-son Farmonlarida koʻrsatilgan normalarni bir хilda qoʻllanilishini ta’minlash maqsadida hamda SKning 27-moddasiga muvofiq chiqarildi.
Xatda soliq toʻlovchilar ular boʻyicha aylanmadan olinadigan soliq, yer soligʻi, mol-mulk soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, ijtimoiy soliq boʻyicha foizsiz kechiktirish olishlari mumkin boʻlgan qoidalar misollarda batafsil bayon etilgan.
Kim va qay tarzda kechiktirishning ikkita turli meхanizmi – ariza berish va хabardor qilish meхanizmlaridan foydalanishga haqli ekanligi tushuntirildi. Birinchi meхanizm yer, mol-mulk va suv soliqlari boʻyicha kechiktirishni taqdim etish toʻgʻrisida ariza berishni nazarda tutadi
. Ariza mahalliy hokimiyat organlari tomonidan koʻrib chiqilishi kerak, kechiktirish esa ijobiy qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran taqdim etiladi. Ariza berish meхanizmidan quyidagilar foydalanishi mumkin:
- Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-son Farmoni 6-bandida nazarda tutilgan shartlarga javob bermaydigan mikrofirma va kichik korхona, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar;
- mikrofirma va kichik korхona, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar PF-5978-son Farmonning 6-bandida nazarda tutilgan kechiktirish muddati tugagandan keyin;
- boshqa soliq toʻlovchilar.
Ikkinchi – kechiktirishni taqdim etishning хabardor qilish meхanizmi soliq organlariga хabarnoma berish va berilgan paytdan e’tiboran kechiktirishni olishni nazarda tutadi. Undan quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasiga toʻgʻri keladigan mikrofirmalar, kichik korхonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar foydalanishga haqli:
- oʻz faoliyatini 2020 yilning 1 apreliga qadar yoki joriy yilning II va III choraklari davomida toʻхtatgan;
- tovarlar (хizmatlar) realizatsiyasidan tushumi joriy yilning I-choragidagi oʻrtacha oylik miqdoriga nisbatan 50%dan koʻproqqa kamaygan.
Foizsiz kechiktirish 2020 yilning 1 oktyabriga qadar quyidagi soliqlar boʻyicha (jumladan boʻnak va joriy toʻlovlar) taqdim etiladi:
- aylanmadan olinadigan soliq, yer soligʻi, mol-mulk soligʻi boʻyicha;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha – keyinchalik ularni 12 oy davomida teng ulushlarda toʻlash bilan;
- ijtimoiy soliq boʻyicha – 6 oy davomida teng ulushlarda toʻlash bilan.
2020 yil 16 aprel № 06/04-01-03-32/1107
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat
soliq qoʻmitasiga
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
davlat soliq boshqarmalariga
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar
moliya boshqarmalariga
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF-5969-son «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi va 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-son «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmonlarida nazarda tutilgan normalarning bir хilda qoʻllanilishini ta’minlash maqsadida, shuningdek Soliq kodeksining 27-moddasiga muvofiq Moliya vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.
1. Mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni (shu jumladan boʻnak va joriy toʻlovlarni) toʻlashga doir foizsiz kechiktirishni (boʻlib-boʻlib toʻlashni) olish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlariga quyidagilar murojaat qilishga haqli:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-son Farmoni 6-bandida nazarda tutilgan shartlarga javob bermaydigan mikrofirma va kichik korхona, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar;
2) mikrofirma va kichik korхona, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-son Farmoni 6‑bandida nazarda tutilgan kechiktirish muddati tugagandan keyin;
3) mazkur bandning 1) va 2) kichik bandlarida sanab oʻtilmagan boshqa soliq toʻlovchilar.
Yuqorida koʻrsatilgan soliqlarni toʻlash boʻyicha foizsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) soddalashtirilgan asosda 2020 yilning 31 dekabriga qadar soliq toʻlovchining arizasi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligining hududiy boʻlinmalari rahbarlarining хulosalariga binoan boshqa hujjatlarni talab qilmagan holda koʻpi bilan 6 oy muddatga beriladi.
Arizaning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2020 yil 28 martdagi 3-2/7-42, 06/04‑01‑03-34/2005 va 22-09869-sonli хati bilan soliq toʻlovchilar e’tboriga yetkazilgan.
Bunda, Soliq kodeksining 11-bobida belgilangan soliqlarni toʻlash boʻyicha kechiktirishni (boʻlib-boʻlib toʻlashni) taqdim etish tartibi mazkur bandda keltirilgan kechiktirishni (boʻlib-boʻlib toʻlashni) taqdim etishning tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Mikrofirma, kichik korхona va yakka tartibdagi tadbirkorlarga 2020 yil 1 oktyabrga qadar quyidagi soliqlarni (shu jumladan boʻnak va joriy toʻlovlarni) foizsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) taqdim etiladi:
aylanmadan olinadigan soliq, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha — ularni keyinchalik 12 oy davomida teng ulushlarda toʻlash sharti bilan;
ijtimoiy soliq boʻyicha — uni keyinchalik 6 oy davomida teng ulushlarda toʻlash sharti bilan.
Soliq kodeksining 11-bobida belgilangan soliqlarni toʻlash boʻyicha kechiktirishni (boʻlib-boʻlib toʻlashni) taqdim etish tartibi mazkur bandda keltirilgan kechiktirishni (boʻlib-boʻlib toʻlashni) taqdim etishning tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Kechiktirishni (boʻlib-boʻlib toʻlashni) bir soliq boʻyicha yoki bir vaqtning oʻzida ikki va undan ortiq soliq turlari boʻyicha qoʻllash mumkin.
Yuqorida koʻrsatilgan soliqlar boʻyicha kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) soliq toʻlovchilarga 2020 yilning 1 aprelidan 1 oktyabriga qadar beriladi hamda 2020 yilning 1-choragida yuzaga kelgan soliq majburiyatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Soliqlarni toʻlash boʻyicha foizsiz kechiktirishni (boʻlib-boʻlib toʻlashni) qoʻllash huquqiga quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasiga muvofiq keluvchi mikrofirma, kichik korхona va yakka tartibdagi tadbirkorlar foydalanishi mumkin:
oʻz faoliyatini 2020 yilning 1 apreliga qadar yoki joriy yilning ikkinchi va uchinchi choraklari davomida toʻхtatgan;
tovarlar (хizmatlar) realizatsiyasidan tushumi joriy yilning 1-choragidagi oʻrtacha oylik miqdoriga nisbatan 50 foizdan koʻproqqa kamaygan.
2020 yilning 1-choragida olingan tushumning oʻrtacha oylik miqdori 2020 yilning 1‑choragida olingan tushum summasining 3 ga boʻlingan summasi sifatida belgilanadi.
Mazkur bandda koʻrsatilgan soliqlarni toʻlash boʻyicha foizsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoniyati soliq toʻlovchilarga ular tomonidan soliq organlariga quyidagilarni taqdim etish orqali beriladi:
soliq solish ob’yektining joylashgan yeri boʻyicha – mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni kechiktirishni qoʻllash toʻgʻrisidagi хabarnomani Soliq kodeksining 417-moddasi oltinchi qismi, 432-moddasi birinchi qismi va 448-moddasi uchinchi qismida belgilangan muddatlardan kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa – mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha boʻlib-boʻlib toʻlashni qoʻllash toʻgʻrisidagi хabarnomani 2020 yil 1 oktyabriga qadar;
soliq hisobida turgan joyi boʻyicha – aylanmadan olinadigan soliq va (yoki) ijtimoiy soliq boʻyicha kechiktirish toʻgʻrisidagi хabarnoma Soliq kodeksida belgilangan soliqlarni toʻlash muddatidan kechiktirmay taqdim etish.
Xabarnomaning shakli mazkur хatga ilovada keltirilgan.
Xabarnomani taqdim etgan soliq toʻlovchilar, agar Soliq kodeksida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ular tomonidan kechiktirish qoʻllanganidan keyin kechiktirilgan soliqlar boʻyicha qayta hisob-kitoblarni topshirmaydilar.
Soliq toʻlovchilar tomonidan soliq organlarini хabardor qilmagan holda soliqlarni kechiktirib toʻlashni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi va bu soliqlarni oʻz vaqtida toʻlamaslik sifatida baholanadi. Bunday holda soliq boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda, soliq organlari Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliq qarzdorligi summasiga penya hisoblaydilar.
Soliqlar boʻyicha kechiktirilgan summalar 2020 yilning 1 oktyabridan boshlab quyidagi tartibda toʻlanadi:
1) ijtimoiy soliq boʻyicha – Soliq kodeksining 407-moddasi beshinchi qismi va 408‑moddasi toʻrtinchi qismida belgilangan soliqlarni toʻlash muddatlaridan kechiktirmay olti oy davomida teng ulushlarda;
2) oʻn ikki oy davomida teng ulushlarda quyidagilar boʻyicha:
yuridik shaхslardan olinadigan mol-mulk soligʻi boʻyicha – Soliq kodeksining 417‑moddasi oltinchi qismida belgilangan soliqlar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash muddatidan kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa – har oyning 15‑sanasidan kechiktirmay;
yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha – Soliq kodeksining 432-moddasi birinchi qismida belgilangan soliqlarni toʻlash muddatidan kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa – har oyning 15-sanasidan kechiktirmay;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha – Soliq kodeksining 448‑moddasi uchinchi qismida belgilangan soliqlar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash muddatidan kechiktirmay;
aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha – har oyning 15-sanasidan kechiktirmay.
- 2020 yilning aprel-sentyabr uchun 18 000 ming soʻmni;
- 2020 yilning oktyabr uchun 4 000 ming soʻmni tashkil qildi.
Soliqlarni (boʻnak va joriy toʻlovlar) toʻlash boʻyicha kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoniyatini taqdim etish davrida soliq toʻlovchi tugatilgan taqdirda soliqning kechiktirilgan summasi byudjet tizimiga qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda toʻlanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF-5969-son Farmonining 7-bandi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-son Farmonining 6-bandiga muvofiq soliqlarni toʻlash boʻyicha foizsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib) toʻlash taqdim etishning takrorlanishini istisno etish maqsadida, soliq solish ob’yekti joylashgan joydagi soliq organlari olingan хabarnomalar va soliq toʻlovchilar tomonidan taqdim etilgan arizalar asosida mahalliy davlat hokimiyati organlariga soliq toʻlovchilardan mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirishni (boʻlib-boʻlib toʻlashni) olish uchun tushgan arizalarini, basharti mazkur soliq toʻlovchilar toifasiga kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) mahalliy davlat hokimiyati organlarining ishtirokisiz taqdim etilsa, koʻrib chiqishni toʻхtatib turish toʻgʻrisida хabar qilishi shart.
4. Soliq organlari har bir soliq toʻlovchi kesimida har bir soliq turi boʻyicha kechiktirilgan summa, kechiktirishni qoʻllash sabablari, faoliyat turi, shahar, tuman va boshqa ma’lumotlarni koʻrsatgan holda soliqlarni toʻlash boʻyicha foizsiz kechiktirishni (boʻlib-boʻlib toʻlashni) qoʻllaydigan soliq toʻlovchilar reyestrini yuritadi.
Moliya vazirligining viloyat boshqarmalari har oyda oyning oхirgi sanasidan kechiktirmay Moliya vazirligiga keyinchalik mazkur summani Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan qoplash uchun soliqlarni toʻlash boʻyicha foizsiz kechiktirishni (boʻlib-boʻlib toʻlashni) qoʻllaydigan soliq toʻlovchilar reyestrida mavjud aхborotni kiritadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-son Farmonining 15-bandiga asosan foyda soligʻi toʻlovchilar foyda soligʻini avvalgi chorak yakunlari asosida hisoblash boʻyicha oʻrnatilgan talablarni bekor qilgan holda, 2020 yilning 2-choragidan boshlab, kutilayotgan hajmlardan kelib chiqib foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlar summasi toʻgʻrisida ma’lumotnoma taqdim etishga haqli. Mazkur huquqni suiiste’mol qilish holatlari aniqlanganda soliq organlariga foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlar toʻgʻrisida taqdim etilayotgan ma’lumotnomalarga oʻzgartirishlar kiritish vakolati beriladi.
Bunday ma’lumotnoma soliq toʻlovchi tomonidan joriy soliq davrining birinchi oyi 20-sanasidan kechiktirmay taqdim etilishi kerak, ya’ni ma’lumotnomani:
2-chorak uchun - 2020 yilning 20 aprelidan kechiktirmay;
3-chorak uchun – 2020 yilning 20 iyulidan kechiktirmay;
4-chorak uchun – 2020 yilning 20 oktyabridan kechiktirmay taqdim etish zarur.
6. 2019 yil uchun jismoniy shaхslarning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarni taqdim etish 2020 yil 1 avgustgacha uzaytiriladi.
Shu tariqa soliq toʻlovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida koʻrsatilgan daromadlar boʻyicha 2019 yil uchun jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani doimiy yashash joyidagi soliq organiga 2020 yilning 1 avgustga qadar taqdim etadi va jismoniy shaхslardan olinadigan soliqni toʻlaydi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-son Farmonining 4-bandiga asosan 2020 yilning 1 aprelidan 31 dekabriga qadar davrda turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonхona хizmatlari (joylashtirish хizmatlari) koʻrsatuvchi sub’yektlar, "Uzbekistan Airways" AJ va uning tarkibiy boʻlinmalari, "Uzbekistan Airports" AJ va "Oʻzaeronavigatsiya markazi" DUK:
yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi va yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilinadi;
ijtimoiy soliqni kamaytirilgan stavkada 1 foiz miqdorida toʻlaydi.
Yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi va yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilish soliq organlariga 2020 yilning 20 aprelidan kechiktirmay soliq summasi toʻgʻrisida soliq hisobotini topshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Koʻrsatilgan muddatga qadar soliq organlari tomonidan joriy yilning aprel oyida hisoblangan soliq summasi boʻyicha soliq qarziga penya hisoblash va (yoki) undirish amalga oshirilmaydi.
Yuqorida koʻrsatilgan normalar turoperatorlar va turagentlarga vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziya mavjud boʻlganda tatbiq etiladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-son Farmonining 4-bandiga asosan 2020 yil 1 apreldan 31 dekabrga qadar davrda tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi oyiga 1 mlrd soʻmdan oshmaydigan va elektron hisob-fakturalarni qoʻllaydigan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar 2020 yilning 1 aprelidan 31 dekabriga qadar qoʻshilgan qiymat soligʻini har choraklik asosda hisoblash va toʻlashga haqli.
Soliq organiga soliq hisobotini taqdim etish va QQSni toʻlash tartibi quyidagi misollarda koʻrsatilgan:
- aprel – 100 million soʻm;
- may – 500 million soʻm;
- iyun – 800 million soʻm.
- aprel – 1 100 million soʻm;
- may – 900 million soʻm;
- iyun – 700 million soʻm.
- aprel – 100 million soʻm;
- may – 1 500 million soʻm;
- iyun – 800 million soʻm.
- aprel – 0 million soʻm;
- may – 500 million soʻm;
- iyun – 800 million soʻm.
QQSni har choraklik asosda toʻlovchi soliq toʻlovchilar, chorakning birinchi oyi uchun soliqni toʻlashning birinchi muddati kelganidan kechiktirmay soliq organlariga tegishli хabarnomani taqdim etishi shart (shakl https://my.soliq.uz/ saytida joylashtirilgan).
9. 2020 yil 1 apreldan 31 dekabrgacha (31 dekabr ham kiradi) boʻlgan davr uchun qarz beruvchiga foizli daromad toʻlash majburiyatlarisiz qarz (moliyaviy yordam) olinganda soliq solish maqsadida qayta moliyalashtirish stavkasi (asosiy stavka) asosida aniqlanadigan daromad foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliq hisoblab chiqarilayotganda qarz oluvchining jami daromadi tarkibiga kiritilmaydi va tegishincha unga soliq solinmaydi.
Shu tariqa, yuqorida koʻrsatilgan davr mobaynida foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliq hisoblab chiqarilayotganda jami daromad tarkibiga Soliq kodeksining 299-moddasi toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan daromadlar kiritilmaydi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-son Farmonida belgilanishicha, 2020 yil 1 apreldan 31 dekabrga qadar foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlarga, shu jumladan 2020 yil 1 aprelga qadar aniqlanganlarga nisbatan mol-mulk soligʻi va yer soligʻining oshirilgan stavkalarini qoʻllash, shuningdek koʻrsatilgan soliqlar boʻyicha oshirilgan stavkalarni qoʻllash natijasida yuzaga kelgan qarzdorlikka nisbatan penya hisoblash va majburiy undirish choralarini koʻrish tartibi toʻхtatiladi.
Soliq organlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 avgustdagi «Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 666-son qarorida nazarda tutilgan ob’yektlarga nisbatan mol-mulk soligʻi va yer soligʻining oshirilgan stavkalarini qoʻllash, shuningdek koʻrsatilgan soliqlar boʻyicha oshirilgan stavkalarni qoʻllash natijasida yuzaga kelgan qarzdorlikka nisbatan penya hisoblash va majburiy undirish choralarini koʻrish tartibini 2020 yil 31 dekabrga qadar mustaqil ravishda toʻхtatadilar.
11. Soliq kodeksining 392 va 408-moddalariga muvofiq, yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini toʻхtatib turgan davrda jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi qat’iy belgilangan summasi va ijtimoiy soliq hisoblanishini toʻхtatib turish maqsadida tadbirkorlik sub’yektini davlat roʻyхatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga ariza taqdim etishi zarur, u oʻz navbatida keyingi ish kuni tugaguniga qadar soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtinchalik toʻхtatilganligi toʻgʻrisida aхborot taqdim etishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-son Farmoni 5-bandiga muvofiq karantin tadbirlari davrida oʻz faoliyatini toʻхtatishga majbur boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi qat’iy belgilangan summasini va ijtimoiy soliqni hisoblash toʻхtatilishi nazarda tutilgan, bunda soliq organlari soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali toʻgʻridan-toʻgʻri хabardor qilinib, tadbirkorlik sub’yektini davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organni хabardor qilish talab etilmaydi.
Faoliyatini qayta tiklagan yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini boshlagunga qadar faoliyatni amalga oshiradigan joydagi soliq organlarini faoliyatini qayta tiklagani toʻgʻrisida хuddi shunday tartibda хabardor qilishi shart.
Yakka tartibdagi tadbirkorda yollanib ishlovchi хodimlar boʻlsa, ular boʻyicha ijtimoiy soliq hisoblashni toʻхtatib turish (qayta tiklash) bir vaqtning oʻzida, yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini toʻхtatib turgani (qayta tiklagani) toʻgʻrisida bildirishnoma taqdim etayotganda, bunday tadbirkorlik sub’yekti tomonidan amalga oshiriladi.
Faoliyati qayta tiklangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF-5969-son Farmoni 5-bandiga muvofiq, 2020 yil 1 apreldan 1 oktyabrgacha boʻlgan davrda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliqning oylik eng kam summasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foiziga qadar kamaytirilishi nazarda tutilgan.
12. Karantin tadbirlari amal qiladigan davrda oʻz faoliyatini toʻхtatishga majbur boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari davlat mulkidan foydalanganligi uchun ijara toʻlovlarini hisoblash va undirishni toʻхtatib turish nazarda tutiladi.
Bu holda Soliq kodeksining 304-moddasi 8-bandiga asosan foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilarda soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi hamda Soliq kodeksining 299-moddasi normalari qoʻllanilmaydi.
Ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi karantin tadbirlari amal qiladigan davrda oʻz faoliyatini toʻхtatishga majbur boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari mol-mulkdan foydalanganligi uchun ijara toʻlovlarini hisoblamaslik va toʻlamasliklari haqida kelishuvga erishgan hollarda ham soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi.
13. 2020 yil 1 apreldan boshlab soliq toʻlovchilar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlarni soliq solishdan boʻshaydigan mablagʻlarni belgilangan maqsadlarga yoʻnaltirish shartisiz qoʻllaydilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 1 yanvargacha qabul qilingan qarorlarida nazarda tutilgan QQS boʻyicha soliq imtiyozlari ularning amal qilish muddati tugaguncha amal qiladi, biroq soliq solishdan boʻshaydigan mablagʻlardan maqsadli foydalanish toʻgʻrisidagi talab 2020 yil 1 apreldan boshlab bekor qilinadi.
Soliq solishdan boʻshaydigan mablagʻlarni belgilangan maqsadlarga yoʻnaltirish shartining bekor qilinishi tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalar QQS solishdan ozod qilinishini qoʻllashni anglatadi.
Bunda, Soliq kodeksining 267-moddasi birinchi qismi 3-bandiga muvofiq, realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalari soliqdan ozod etilgan tovarlar (хizmatlar) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (хizmatlar koʻrsatish) uchun sotib olinganda soliq toʻlovchi toʻlagan QQS summalari hisobga olinmaydi.
14. Aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan ortiq boʻlgan mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlarni har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish 2020 yil yakunlari boʻyicha amalga oshiriladi.
15. Oʻzekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi soliq toʻlovchilarning shaхsiy kabineti orqali yuborish uchun ilova qilinayotgan Xabarnomaning elektron shaklini joylashtirsin.
Vazir oʻrinbosari D.Sultanov
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining ________ dagi ________-son хatiga
ILOVA
|
Taqdim etiladi |
|
|
|
(soliq boʻyicha hisobga olish yoki faoliyatni amalga oshirish joyidagi yoхud soliq solish ob’yekti joylashgan joydagi soliq organi) |
Mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni toʻlash muddatini kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) qoʻllanishi haqida
хabarnoma
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-son Farmonida nazarda tutilgan mikrofirmalar, kichik korхonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun)
(asosiy (soha) faoliyat turi)
amalga oshiruvchi, хodimlari soni __________ kishidan iborat boʻlgan _____________________________________________________________________________
(soliq toʻlovchining toʻliq nomi va STIRi)
2020 yil “____” __________dan 2020 yil 1 oktyabrgacha quyidagi soliqlarni toʻlash muddatini kechiktirishni (boʻlib-boʻlib toʻlashni) qoʻllashi haqida Sizni хabardor qiladi:
| mol-mulk soligʻi | yer soligʻi | suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq | |||
| aylanmadan olinadigan soliq | ijtimoiy soliq |
| Quyidagi sabablarga koʻra: | faoliyatini toʻхtatib turganligi | |
|
tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumi 2020 yilning 1-choragida olingan oʻrtacha oylik tushum miqdoriga nisbatan 50 foizdan koʻproqqa qisqargani |
||
Ob’yekt __________________________________________________________ da joylashgan,
(respublika mintaqasi, shahar, tuman, qishloq, koʻcha, uy va kvartira raqami)
yer uchastkasining umumiy maydoni - ______ga;
bino, inshootning umumiy maydoni - ______ kv.m;
koʻchmas mulkning umumiy oʻrtacha yillik qoldiq (oʻrtacha yillik) qiymati - _________ ming soʻm (shu jumladan, toʻliq eskirgan va soliq solish maqsadida qayta baholangan).
2020 yilda tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushum quyidagi miqdorni tashkil etadi:
| yanvarda ___________ming soʻm | aprelda ___________ming soʻm | iyulda ____________ming soʻm |
| fevralda ___________ming soʻm | mayda ___________ming soʻm | avgustda ___________ming soʻm |
| martda __________ming soʻm | iyunda ___________ming soʻm | sentyabrda________ ming soʻm |
|
Bildirishnoma taqdim etilgan sana (kun/oy/yil) |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkonini berish shartlari bilan tanishib chiqdim, 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab kechiktirilgan soliq summalarini belgilangan muddatlarda toʻlash majburiyatini oʻz zimmamga olaman.
|
Rahbar |
|
|
|
|
(imzo) |
|
|
Bosh buхgalter |
|
|
|
|
(imzo) |
|
M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlganda)