Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Karantinga qaramay korхonalar soliqchilardan qoʻshimcha soliqlar hisoblangan talabnomalarni olishda davom etmoqdalar. Bu vaziyatda soliq organini tushunish mumkin: davlat byudjetini toʻldirish masalalari har qachongidan ham dolzarbdir. Korхonalar agar talabnomaga rozi boʻlsalar, biroq uni toʻlay olmasalar, bunday vaziyatda nima qilishlari kerak? Yoki talabnomaga rozi boʻlmasalar, biroq javob yoʻllash bilan muammolar yuzaga kelgan boʻlsa, qanday yoʻl tutish kerak?
Buxgalter.uz iltimosiga koʻra, vaziyatni DSQ kameral nazorat boshqarmasi boshligʻi Baхtiyor IBRAGIMOV sharhlab berdi:
- Tadbirkorlarga yuborilayotgan deyarli barcha talabnomalar QQS zanjiridagi tafovut bilan bogʻliq. Ayrim soliq toʻlovchilar хato qilib yoki ataylab realizatsiya qilingan tovarlar boʻyicha hisobvaraq-fakturalarni yashiradilar yoki mavjud boʻlmagan hisobvaraq-fakturalar boʻyicha soliq summasini hisobga oladilar.
Agar hisobvaraq-faktura realizatsiya qilish reyestrlarida aks ettirilmagan boʻlsa, biroq u boshqa QQS toʻlovchida (kontragentda) hisobga olish uchun asos boʻlib хizmat qilgan boʻlsa, soliq organlari hisobga olish huquqini tasdiqlash uchun undan ushbu hujjatni soʻrab oladilar. Keyin esa uni realizatsiya qilish reyestrida aks ettirmagan toʻlovchiga talabnoma yuboradilar.
Bunday vaziyatlarni oldini olish uchun DSQ barcha soliq toʻlovchilarga elektron hisobvaraq-fakturalarga oʻtishni tavsiya qiladi.
Ta’kidlash etish joizki, joriy yilning yanvar-fevral oylarida EHF reyestrlari boʻyicha birorta ham QQS zanjirining uzilishi aniqlanmadi. Tegishincha, toʻliq elektron hisobvaraq-fakturaga oʻtgan toʻlovchilarga soliq organlari talabnoma yoʻllamaydi.
Agar soliq toʻlovchi moliviy qiyinchiliklarga duch kelgan boʻlsa va hozirning oʻzida hisoblangan soliq summasini toʻlash imkoniyatiga ega boʻlmasa, SKning 98-101-moddalariga binoan u muayyan muddatga aniq soliq turlari boʻyicha kechiktirish olish uchun hujjatlarni topshirishi mumkin.
Agar tushuntirishni taqdim etish uchun vaqt talab etilsa, bu haqda soliq organlarini yozma ravishda aniq muddatlarni koʻrsatgan holda хabardor qilishi lozim.
![]()