Davlat organlari karantin boʻyicha savollarga javob beradilar - 9

preview

Karantin davrida xodimlar mehnat ta’tiliga chiqqanligi oqibatida boʻsh qolgan ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar tashkilot rahbari tomonidan oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi uchun jarima solinishi asoslimi? YHQni buzganlik uchun ma’muriy jarima qanday toʻlanadi? Karantin davrida oilaviy nodavlat bolalar bogʻchalari xodimlariga ish haqini qanday toʻgʻri hisoblash mumkin? Bu va boshqa savollarga javoblar – buxgalter.uz ning toʻplam materialida.

Gulrux NIYoZMETOVA, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi mehnat huquqi bosh inspektori:

– Karantin tufayli xodimlarga har yilgi mehnat ta’tili taqdim etildi. Tashkilotdagi boʻsh oʻrinlar toʻgʻrisida hisobot taqdim etilmaganligi uchun Xiva shahar Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan tashkilot rahbarlariga ma’muriy jarima solinadi. Bu qonuniymi?

– Kichik korxonalardan tashqari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha korxonalar, tashkilotlar va muassasalar ish beruvchilari tomonidan har bir hisobot oyining 30–31 sanasi holatiga koʻra tuman, shahar Aholi bandlikka koʻmaklashish markaziga boʻsh ish oʻrinlari, shuningdek xodimlarning ishdan boʻshatilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay elektron yoki qogʻoz shaklida taqdim etilishi shart.

Koronavirus pandemiyasi tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlari toʻgʻrisida qabul qilingan qarorlarda ish beruvchilar boʻsh ish oʻrinlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishdan ozod etilmaydi, shu sababli ma’lumotlar belgilangan muddatlarda taqdim etilishi lozim.

Binobarin, MJTKning 229-moddasiga muvofiq boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni yashirganlik yoki ma’lumotlarni oʻz vaqtida taqdim etmaganlik uchun ma’muriy jarimalar solinishi asosli hisoblanadi.

– Karantin sababli asosiy ishimdan ish haqi saqlanmaydigan ta’tilga chiqarishdi. Yetkazib berish xizmatlarini koʻrsatadigan firmaga ishga joylashishim va shaxsiy mashinamda yetkazib berish bilan shugʻullanishim mumkinmi? Bu mehnat stajiga qoʻshiladimi va mehnat daftarchamga bu haqda yozuv kiritiladimi?

– Xodim karantin davrida oʻz hisobidan ta’til olgan boʻlsa, ushbu mehnat ta’tili qancha davom etishidan qat’i nazar xodimning mehnat stajiga kiritiladi.

Oʻrindoshlikda ishlash hamda kasb va lavozimlarni oʻrindoshlikda yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq xodim asosiy ishidan boʻsh vaqtda mehnat shartnomasiga asosan boshqa haq toʻlanadigan ishni ham bajarishi mumkin.

Oʻrindoshlikda ishlash mehnat stajiga qoʻshiladi.

– Masofadan ishlanganda mehnat shartnomasiga oʻzgartirish kiritiladimi yoki oylik mehnat haqi oʻzgaradimi?

– Karantin davrida ish beruvchilar xodimlarning roziligi bilan mehnat shartnomasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritishlari va xodimlarni masofaviy ishlash rejimiga, oʻzgaruvchan ish grafigiga yoki uyda ishlashga oʻtkazishlari mumkin.

Mazkur holatlarda xodimlarning mehnatiga quyidagi tartibda haq toʻlanadi:

  • mehnatga soatbay haq toʻlash – xodim masofaviy ishlashga oʻtkazilguniga qadar belgilangan tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) kelib chiqqan holda;
  • mehnatga ishbay haq toʻlash – belgilangan narxlardan kelib chiqqan holda.

Mazkur holatda oylik ish haqingiz siz bilan ish beruvchi oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasida belgilangan tartibda toʻliq hajmda toʻlanadi.

Farrux TOShPOʻLATOV, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi rahbari:

– MIB xodimlari mashinam uchun ma’muriy jarimani 15 kun ichida toʻlashim kerakligini tushuntirishdi. Buni karantin davrida amalga oshirish mumkinmi?

– Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy jarimalarni majburiy undirish choralari qoʻllanilishi davom ettirilmoqda.

Prezidentning PF-5978-son Farmoniga muvofiq faqat karantinga joylashtirilgan shaxslarga solingan ma’muriy jarimalarni toʻlash muddati karantin davri tugaguniga qadar uzaytirilgan.

Bunday jarimani @mibuzbot telegram boti orqali toʻlashingiz mumkin.

Dilafroʻz IKROMOVA, Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari:

– Karantin davrida davlat-xususiy sheriklik asosida ishlayotgan oilaviy nodavlat MTM rahbarlari, uslubchilari, pedagoglari va yordamchi xodimlariga ish haqi toʻlanadimi?

– Xodimlarga ish haqi toʻlash MTMdagi bolalar soniga ajratiladigan subsidiyalar bilan toʻlanadigan MTM xarajatlariga tenglashtiriladi, karantin davrida bunday ish haqi toʻlanmaydi.

Subsidiyalar ajratish siyosati bevosita Moliya vazirligi tomonidan amalga oshirilishini hisobga olgan holda, ushbu masalani oydinlashtirish uchun Moliya vazirligining hududiy boʻlinmalariga murojaat qilish va u yerda xulosa olish maqsadga muvofiq boʻladi.

– Nodavlat MTMni ochish uchun imtiyozli kreditlar belgilangan. Bankka kafolat sifatida garov taqdim etilgan. Qachon kredit ajratiladi?

– Davlat-xususiy sheriklik asosida MTM ochishga doir bitimlarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari, xorijiy davlat tashkilotlari kreditlari va grantlarini jalb etish boʻyicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda.

Yuqorida aytib oʻtilganlardan kelib chiqqan holda moliyalashtirish manbalari shakllantirilganidan keyin belgilangan tartibda kredit mablagʻlari ajratiladi. Bu haqda ma’lum qilamiz.

– MTM ochish maqsadida oʻz uy-joyimni noturar joyga qayta tashkil etganim uchun soliqlar toʻlashim lozimmi?

– Ha, toʻlashingiz lozim.

Biroq keyinchalik, Prezidentning PQ-3651-son Farmoniga muvofiq MTM faoliyat yuritishni boshlaganidan keyin 10 yil mobaynida barcha soliqlardan va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan ozod etiladi.

                                                                                              AOKA materiallari asosida.

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text159412_davlat_organlari_karantin_buyicha_savollarga_javob_beradilar_-_9