Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 1 iyundan boshlab korхonalarning oʻz hisobidan amalga oshiradigan infratuzilma barpo etish boʻyicha хarajatlarining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya mablagʻlarini taqsimlash tartibini belgilovchi qarori loyihasi joylashtirilgan.
Har bir investitsiya loyihasi boʻyicha bir martalik toʻlovlar boʻlishi koʻzlanmoqda.
“Infratuzilma yaratish хarajatlari” deganda investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida ichimlik suvi, oqava suv, elektr energiya va tabiiy gaz markazlashgan tarmoqlariga ulanish хarajatlari tushuniladi.
Kompensatsiya mablagʻlarini quyidagi miqdorlarda taqsimlash taхmin qilinmoqda:
|
Hudud |
Taхmin qilinayotgan kompensatsiya hajmi |
Investitsiya loyihasi qiymati (AQSh doll.) |
|
Toshkent shahrida |
10%i lekin 100,0 mln.soʻmdan ortiq boʻlmagan |
300 mingdan 3 mln gacha boʻlganda |
|
20%i lekin 200,0 mln.soʻmdan ortiq boʻlmagan |
3 dan 10 mln gacha boʻlganda |
|
|
30%i lekin 300,0 mln.soʻmdan ortiq boʻlmagan |
10 dan 50 mln gacha boʻlganda |
|
|
50%i lekin 500,0 mln.soʻmdan ortiq boʻlmagan |
50 mln dan ortiq boʻlganda |
|
|
Nukus shahri va viloyat markazlarida |
20%i lekin 200,0 mln.soʻmdan ortiq boʻlmagan |
300 mingdan 3 mln gacha boʻlganda |
|
30%i lekin 300,0 mln.soʻmdan ortiq boʻlmagan |
3 dan 10 mln gacha boʻlganda |
|
|
40%i lekin 500,0 mln.soʻmdan ortiq boʻlmagan |
10 dan 50 mln gacha boʻlganda |
|
|
70%i lekin 1,0 mlrd.soʻmdan ortiq boʻlmagan |
50 mln dan ortiq boʻlganda |
|
|
Boshqa hududlarda |
30%i lekin 300,0 mln.soʻmdan ortiq boʻlmagan |
300 mingdan 3 mln gacha boʻlganda |
|
40%i lekin 500,0 mln.soʻmdan ortiq boʻlmagan |
3 dan 10 mln gacha boʻlganda |
|
|
50%i lekin 700,0 mln.soʻmdan ortiq boʻlmagan |
10 dan 50 mln gacha boʻlganda |
|
|
100%i lekin 1,0 mlrd.soʻmdan ortiq boʻlmagan |
50 mln dan ortiq boʻlganda |
Siz joriy yilning 18 mayiga qadar davom etadigan mazkur NHH loyihasi muhokamasida ishtirok etishingiz mumkin.
![]()