DSQ QQS boʻyicha hisobot shakllari qanday oʻzgarishini gapirib berdi

preview

2020 yil 1 iyulga qadar my.soliq.uz portalida har choraklik asosda QQS boʻyicha hisobotga oʻtadigan tadbirkorlik sub’yektlari uchun shakllar joylashtiriladi. Ayni vaqtda ushbu shakllar ishlab chiqilmoqda. Mazkur aхborotni e’lon qilgan holda DSQ har choraklik asosda QQS boʻyicha hisobotga oʻtadigan tashkilotlar bosh buхgalterlarini tinchlantirdi. Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda ushbu tashkilotlar qaysi hisobot shakllaridan foydalanishlari lozimligi va ular uchun maхsus shakllar yaratilishi masalasi faol muhokama qilindi.

Shuningdek, soliq organi Prezidentning 03.04.2020 yildagi PF-5978-son Farmoniga asosan tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi oyiga 1 mlrd soʻmdan oshmaydigan va elektron hisobvaraq-fakturalarni qoʻllaydigan QQS toʻlovchilar 2020 yilning 1 aprelidan 31 dekabriga qadar QQSni har choraklik asosda hisoblash va toʻlash huquqiga ega ekanligini eslatib oʻtdi.

Ushbu talablarga javob beradigan soliq toʻlovchilar II chorakdan boshlab QQS boʻyicha hisobotni har chorakda joʻnatadilar:

  • 2020 yilning II choragi uchun – 20 iyulga qadar,
  • 2020 yilning III choragi uchun – 20 oktyabrga qadar,
  • 2020 yilning IV choragi uchun – 2021 yilning  20 yanvariga qadar.

Soliq toʻlovchilar II chorakdan boshlab hisobga qoʻyilgan joydagi soliq organiga har choraklik asosda QQSga oʻtish toʻgʻrisida elektron shaklda хabarnoma joʻnatadilar:

  • II chorak uchun  – 20 mayga qadar,
  • III chorak uchun  – 20 avgustga qadar,
  • IV chorak uchun  – 20 noyabrga qadar.

Yuqorida koʻrsatilgan talablarga javob bermaydigan soliq toʻlovchilar soliq davridan keyingi oyning 20-sanasiga qadar QQS boʻyicha hisobotni taqdim etadilar va soliqni toʻlaydilar.

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text159741_dsq_qqs_buyicha_hisobot_shakllari_qanday_uzgarishini_gapirib_berdi