Soliq ma’lumotlarining avtomatlashtirilgan tahlili soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirishi kerak: tizim turli manbalardan olingan ma’lumotlarni taqqoslaydi va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tafovutlarni aniqlaydi. ...
Nomlar deyarli bir xil, ammo ular turli mezon va oqibatlarga ega boʻlgan ikki xil tushunchadir. Kompaniya daromad hajmi boʻyicha yirik tadbirkorlik sub’yekti boʻlishi va yirik soliq toʻlovchi hisoblanmasligi mumkin yoki aksincha. 2026 yil 1 iyuldan boshlab yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritish mezonlari PF-95-sonli Farmon bilan oʻzgartirildi, OʻRQ-1168-sonli Qonun esa tadbirkorlik sub’yektlarini toifalarga ajratish mezonlarini mustahkamladi. Bu tushunchalarni chalkashtirish hisobotlarni qayerga topshirish va soliq auditini kim oʻtkazishini notoʻgʻri belgilash xavfini tugʻdiradi. ...
Samarqand viloyatidagi umumiy ovqatlanish korxonalari, turoperatorlar va mehmonxonalar Samarqand viloyati soliq boshqarmasining ilgari toʻlangan QQS boʻyicha keshbekning bir qismini undirish toʻgʻrisidagi qarorlarini olishni boshladilar.
Soliq organi Prezidentning 23.01.2024 yildagi PQ–39-son va 24.05.2024 yildagi PQ–193-son qarorlariga havola qilmoqda, ularga koʻra subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar miqdori tadbirkorlik sub’yektining barqarorlik reytingiga bogʻliq qilib qoʻyilgan.
Soliq organining fikricha, 07.11.2024 yildagi 745-son VMQda nazarda tutilgan keshbek soliq toʻlovchining reyting toifasini hisobga olmasdan avtomatik ravishda oʻtkazilgan. Shu sababli, soliq organi «ortiqcha olingan» keshbek summasini mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi va uni 173-kod — «QQS (Moliya vazirligiga qaytarish)» boʻyicha byudjetga undirish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Ushbu qaror asosida tuman (shahar) soliq inspeksiyalari korxonalarga soliq qarzini uzish toʻgʻrisida talabnoma taqdim etmoqda, penya hisoblamoqda va pul mablagʻlarini inkasso topshiriqnomalari orqali hisob-kitob hisobvaraqlaridan soʻzsiz tartibda undirib olmoqda. Bir qator korxonalarning pul mablagʻlari allaqachon hisobdan chiqarilgan.
Bunday undirish tartibi qonunchilik nuqtai nazaridan jiddiy savollarni tugʻdirmoqda. Buxgalter.uz iltimosiga binoan Natalya TURALINOVA, auditor, «Arkad Audit» autsorsing kompaniyasi rahbari ushbu masala boʻyicha oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi: ...
Agar soliq toʻlovchi 07.11.2024 yildagi 745-son VMQda belgilangan barcha majburiy shartlarga rioya qilgan boʻlsa va qaytarilishi lozim boʻlgan QQS summasi soliq organlarining axborot tizimi tomonidan soliq toʻlovchining ishtirokisiz avtomatik tarzda shakllantirilgan boʻlsa, soliq organining 2025 yil uchun qoplangan QQSning bir qismini 2026 yilda qaytarish toʻgʻrisidagi talabi qonuniy hisoblanadimi?
Buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq qoʻmitasi Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA bu masalani tushuntiradi: ...
Korxonalar yengil avtomobillarni xarid qilishda koʻpincha QQSni hisobga oladilar va foyda soligʻini hisoblashda ularni saqlash xarajatlarini chegirib tashlaydilar. Soliqchilar esa bunday xaridlarga doimo sinchkovlik bilan qaraydilar va bitimning soliq oqibatlari boʻyicha buxgalterning harakatlari toʻgʻriligiga shubha bildiradilar.
Qoʻshimcha hisoblashga yoʻl qoʻymaslik uchun qanday hujjatlar qoʻl ostida boʻlishi kerakligi haqida buxgalter.uz iltimosiga koʻra soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA ma’lum qildi: ...
Vaziyat: ijaraga beruvchi – QQS toʻlovchi QQSni hisoblashda ijara toʻlovining eng kam stavkalarini hisobga olgan holda ofis binolarini ijaraga beradi. Ijara shartnomasida ularni koʻrsatish kerakmi?
Buxgalter.uz tushuntiradi: ...
Muayyan sharoitlarga qarab, import uskunalarni montaj qilish soliq oqibatlariga olib kelishi yoki kelmasligi mumkin.
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan «Norma» ekspertlari tushuntirib berishdi: ...
Siz (umumiy ovqatlanish, savdo yoki xizmat koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi sub’yekt) 6 foizlik stavka boʻyicha QQSni hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtgan boʻlsangiz, oʻtish sanasidan boshlab sizning nazorat-kassa texnikangiz tomonidan chiqariladigan barcha cheklar 6 foizlik soliq stavkasini oʻz ichiga olishi shart.
Bu holatni oʻtkazib yubormaslik muhim, chunki bu qismda notoʻgʻri sozlamalar oʻrnatilgan kassa QQS stavkasining nomuvofiqligi xatosini berib, kassirlaringizga bunday cheklarni chiqarishga yoʻl qoʻymaydi.
Buxgalter.uz iltimosiga koʻra, zarur harakatlar tartibini «GAROV TARAQQIYOT NKM» MChJ ta’sischisi Vladimir GIBEL tushuntirib berdi: ...
2026 yil 1 yanvardan boshlab nol foizli QQS stavkasi qoʻllaniladigan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarining yangilangan roʻyxati bugungi kunda 504 ta pozitsiyani oʻz ichiga oladi.
Imtiyozni qoʻllash maqsadida bunday mahsulotlarga EHFni qanday rasmiylashtirish kerakligini buxgalter.uz saytida tushuntiramiz: ...
«Korxona xizmatlar koʻrsatdi, buyurtmachiga QQS hisoblangan hisobvaraq-fakturani taqdim etdi. Buyurtmachi xizmat haqini toʻlamadi. Korxona sudga murojaat qilib, yutib chiqdi. Biroq, Majburiy ijro byurosining qaroriga koʻra, sud qarori bilan qarzni toʻlash uchun buyurtmachining mablagʻi yoʻq.
Korxona sud qaroriga qaramay, buyurtmachi tomonidan haqi toʻlanmagan xizmatlar boʻyicha byudjetga toʻlangan QQSni qaytarib olishi mumkinmi?
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga «Norma» eksperti Irina AXMETOVA javob berdi: ...
Korxona transport-ekspeditorlik xizmatlaridan foydalandi. Ekspeditor xarajatlarni qoplash summasiga va oʻzining mukofot summasiga EHF taqdim etdi.
Soliqlar va hisob boʻyicha ekspert, auditor Natalya TURALINOVA xizmat oluvchi va ijrochilarda yuzaga keladigan xoʻjalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirishda qanday xususiyatlarni hisobga olish kerakligini tushuntirdi: ...
Birinchi marta aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan yangi korxona SKning 483-moddasi 90-qismi boʻyicha imtiyozdan foydalanishga qaror qildi – byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan QQS yoki mol-mulk soligʻi summasini 6 oy mobaynida buxgalteriya hisobini yuritish bilan bogʻliq xarajatlar summasiga, biroq oyiga MHTEKMning 3,5 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda kamaytirish imkonini beradi. Imtiyozdan foydalanish uchun ariza ma’qullandi, biroq bunda QQS bilan EHFni taqdim etishning imkoni boʻlmadi...
Soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA buxgalter.uz bilan ushbu vaziyat boʻyicha oʻz fikrini oʻrtoqlashdi: ...
«Korxona qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini natura shaklida yoki ularni sotib olish uchun pul berish orqali ishchilarga moddiy yordam koʻrsatishni rejalashtirmoqda. Shu vaziyatda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi? Bunday moddiy yordam olish uchun ishchilarning arizalari kerakmi?»
Buxgalter.uz tushuntiradi: ...
Vaziyat: xaridor «qizil» EHFni oldi va soliq agenti sifatida QQSni toʻladi. Bunda yetkazib beruvchi «2-kartotekada» boʻladi. Xaridor tomonidan toʻlangan QQS hisobga olinadimi?
Buxgalter.uz tushuntiradi: ...
Korxona aylanmadan olinadigan soliq toʻlagan, 2025 yil 1 avgustdan esa QQS va foyda soligʻiga oʻtgan. Bunday holda soliq va moliyaviy hisobotni qanday taqdim etish kerakligini «Norma» ekspertlari tushuntirdilar: ...
Tashkilot «avtokameral» yakunlari boʻyicha xat oldi. Buxgalter formulani tekshira boshladi va formula boʻyicha soliq organi tizimida uning tushumi QQS bilan, realizatsiyasi esa – QQSsiz aks ettirilganligini aniqladi. Natijada farq yuzaga keldi.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA vaziyatni sharhlab berdi: ...
Soliq toʻlovchilar oʻtgan yilda tuzilgan nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisida soliq organlarini xabardor qilishi shart. «Norma» ekspertlari buni qanday amalga oshirish va xabarnoma yuborilmasa, nima boʻlishini tushuntirdi. ...
QQS toʻlovchi korxona chet el kompaniyasining buyurtmasi boʻyicha u bergan xom ashyoni mahsulot ishlab chiqarish uchun olib kiradi. Ishlar bajarilgandan soʻng barcha mahsulotlarning 80 foizi Oʻzbekiston hududidan olib chiqib ketildi, 10 foizi buyurtmachining Oʻzbekistondagi filialiga topshirildi va 10 foizi buyurtmachi tomonidan bajarilgan ishlar uchun toʻlov sifatida korxonaga topshirildi. Bu holatda QQSning nol darajali stavkasini qanday qoʻllash mumkin?
Buxgalter.uz tushuntiradi: ...
Moliyaviy hisob va soliq solish boʻyicha ekspert Umid HAMROYeV buxgalter.uz iltimosiga koʻra oshiruvchi koeffitsiyentli ijara toʻlovi stavkalarini qoʻllash tartibini tushuntirdi.
Materialda – hisob-kitob (agar shartnoma boʻyicha ijara summasi – eng kam stavkadan past va yuqori boʻlsa), jismoniy shaxslar oʻrtasidagi ssuda shartnomasi boʻyicha soliq solish, yuridik shaxs – QQS toʻlovchining ijara va binolarni tekin foydalanishga berishdan olingan daromadlari misollari keltirilgan. ...
Muddatli bitim standart bitimdan shunisi bilan farq qiladiki, majburiyatlarning bajarilishi darhol sodir boʻlmaydi. Bunday bitimlar boʻyicha buxgalter QQS boʻyicha soliq bazasini toʻgʻri aniqlashi va bitimning bozor qiymatini tasdiqlashi muhimdir.
Maqolada muddatli bitimlar nima ekanligini, ular boʻyicha QQS soliq bazasini qanday aniqlashni va soliqni qanday hisoblab chiqarishni koʻrib chiqamiz. ...