Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi uchun litsenziya qanday olinadi

preview

Yangi Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi, shuningdek, litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun qoʻllanadigan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (20.05.2020 yildagi 301-son VMQ).

Mazkur hujjatga asosan alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanishga faqat BHMning 1 000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda ustav fondiga ega yuridik shaхslar haqli. Alkogol mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatish boʻyicha normalarga rioya qilishdan tashqari, ulgurji savdo bilan shugʻullanuvchi:

  • etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish avtomatlashtirilgan aхborot tizimi ishtirokchisi boʻlishi;
  • DSQning aхborot tizimiga integratsiyalashgan elektron hisobvaraq-fakturadan foydalanishi kerak.

Hujjatlarni koʻrib chiqish uchun yigʻim BHMning 5 baravarini, litsenziya toʻlovi – yiliga BHMning 200 baravarini tashkil etadi.

Mahalliy pivo mahsulotlari, koʻpiklanadigan va tabiiy vinolarning ulgurji savdosi uchun litsenziya olish shart emas.

Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan "Sharobsavdo" ulgurji bazalariga ilgari berilgan litsenziyalar 3 oy muddatda qayta rasmiylashtirilishi shart.

Qaror Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.05.2020 yildan kuchga kirdi.

Lola ABDUAZIMOVA

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text160006_alkogol_mahsulotlarining_ulgurji_savdosi_uchun_licenziya_qanday_olinadi