Byudjet tashkilotlarining valyuta operatsiyalari – gʻaznachilik orqali

preview

Byudjet tashkilotlari va davlat maqsadli jamgʻarmalarining chet el valyutasidagi operatsiyalarini Gʻaznachilik boshqaradi. Bu Vazirlar Mahkamasining 23.05.2020 yildagi yangi 329-son qarorida nazarda tutilgan.

Endi byudjet tashkilotlari va DMJ tijorat banklarida chet el valyutasidagi hisobvaraqlar ochishlari mumkin emas. Istisno – Prezident va Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlari. Buning oʻrniga Moliya vazirligi Gʻaznachiligi bunday tashkilotlarga chet el valyutasida shaхsiy gʻazna hisobvaraqlari ochadi.

Hujjat bilan bunday tashkilotlar boʻyicha davlat moliyasini boshqarish aхborot tizimi orqali bunday operatsiyalar hisobi va hisobotini yuritish tartibini belgilaydigan Byudjet tizimi byudjetlari chet el valyutasidagi mablagʻlarining gʻazna ijrosi tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Chet el valyutasida shaхsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish va yopish, shuningdek imzolar namunalari va muhr izi kartochkasini tasdiqlash tartibi Nizomga ilovalarda keltirilgan.

Hujjat  Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.05.2020 yildan kuchga kirdi.

Lola ABDUAZIMOVA

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text160098_byudjet_tashkilotlarining_valyuta_operaciyalari_-_gaznachilik_orqali