Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Soliq qoʻmitasi Prezidentning 2020 yil 18 maydagi PF-5996-son Farmoni bilan taqdim etilgan 2020 yilning iyun-avgust oylari uchun imtiyozlarni inobatga olgan holda soliq hisobotini toʻldirish boʻyicha Qoʻllanmani tayyorladi.
Imtiyozlardan foydalanish uchun quyidagilarni taqdim etish lozim:
- aniqlashtirilgan Mol-mulk soligʻi summasi toʻgʻrisida ma’lumotnoma. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun boʻnak toʻlovlarga soliqning oʻzgarish summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi
; - aniqlashtirilgan Yer soligʻi hisob-kitobi (2020 yil 1 iyunga qadar topshirgan ma’qul)
.
Qoʻllanmada mazkur soliqlar boʻyicha hisobotni toʻldirishga misollar keltiriladi.
Eslatib oʻtamiz, 2020 yil 1 iyundan 1 sentyabrga qadar quyidagilar mol-mulk soligʻi va yer soligʻi toʻlashdan ozod etiladi:
- kichik tadbirkorlik sub’yektlari;
- bozorlar va savdo komplekslari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish korхonalari, jamoat transporti korхonalari, sport-sogʻlomlashtirish muassasalari, yoʻlovchi tashish, maishiy хizmatlar koʻrsatish,binolarni, shu jumladan banketlar oʻtkazish uchun ijara berish faoliyati bilan shugʻullanuvchilar.
Bundan tashqari, quyidagilarning summalarini hisobdan chiqarish koʻrinishida davlat tomonidan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash taqdim etilgan
:
- Prezidentning 2020 yil 19 martdagi PF-5969-son va 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-son farmonlarga asosan foizsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) berilgan, 2020 yil aprel va may oylari uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi summalari;
- 2020 yil 15 may holatiga yer soligʻi va mol-mulk soligʻi boʻyicha 2020 yil 1 yanvardan boshlab hosil boʻlgan penya va jarimalar summalari.
.Hujjat idoraning saytida e’lon qilingan.
Tatyana LIMAREVA