9 oyni xatolarsiz yopamiz:
DSQ moliyaviy hisobot koʻrsatkichlarining oʻlchov birligini oʻzgartirishi toʻgʻrisidagi axborot buxgalterlarda talay savollarni yuzaga keltirdi. Ulardan eng asosiylari – kim 2020 yilning I choragi uchun hisobotlarni qayta topshirishi lozim va bu amaliyotda qanday tashkil etiladi? Buxgalter.uz Davlat soliq qoʻmitasida tushuntirish oldi.
Soliq organlarining bu masala boʻyicha pozitsiyasi – xotirjam qiladi.
DSQda ma’lum qilishlaricha, I chorak uchun moliyaviy hisobotlarni mustaqil ravishda qayta topshirish shart emas. Agar ilgari hammasi toʻgʻri toʻldirilgan boʻlsa, DSQ ma’lumotlar bazasida barcha axborot toʻgʻri aks ettirilgan.
Agarda muayyan soliq toʻlovchining hisobotida tafovut aniqlansa, soliq organi xodimlari u bilan bogʻlanishadi va hisobotni qayta topshirishni soʻrashadi.
Shuningdek, DSQda joriy yilning II choragidan boshlab moliyaviy hisobotlar koʻrsatkichlari soʻm birliklarida toʻldirilishini eslatib oʻtishni iltimos qilishdi.
Oleg GAYeVOY