Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Davlat soliq qoʻmitasi Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqladi
. Hujjat 29 maydan kuchga kirdi. “Norma” sharhlovchisi Lola ABDUAZIMOVA yangi Nizom haqida batafsil gapirib berdi:
Qanday hollarda kameral tekshiruv oʻtkaziladi?
- Kameral soliq tekshiruvi soliq organi tomonidan soliq toʻlovchi (soliq agenti) tomonidan taqdim etilgan hisobotlar va boshqa hujjatlar hamda soliq organida mavjud ma’lumotlarni tahlil qilish asosida quyidagi hollarda oʻtkaziladi:
- soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori yoki oʻrtacha boʻlganda;
- soliq organiga jismoniy va yuridik shaxslarning soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi haqidagi murojaatlari kelib tushganda;
- soliq hisobotidagi xato va (yoki) soliq hisobotidagi tafovutlar aniqlanganda.
U soliq majburiyati boʻyicha da’vo muddati oʻtmagan davrga nisbatan oʻtkazilishi mumkin.
Tekshiruv soliq organi joylashgan joyda amalga oshiriladi, soliq toʻlovchining hududlari va mol-mulkini koʻzdan kechirishni amalga oshirish zarur boʻlgan hollar bundan mustasno
.
Soliqchilar qanday axborotni va kimdan talab qilib olishga haqli?
Soliq organi soliq toʻlovchidan (soliq agenti, uchinchi shaxsdan) soʻrovnoma orqali hisob hujjatlarini, soliq hisoboti va hisob hujjatlariga doir tushuntirishlarni, shuningdek soliqlarni va yigʻimlarni hisoblab chiqarish va toʻlash bilan bogʻliq boshqa axborotlarni talab qilib olishi mumkin. Soʻrovnoma soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi va joʻnatilgan sanadan e’tiboran 3 kundan keyin olingan deb hisoblanadi. Agar soliq toʻlovchida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa, soʻrovnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va u joʻnatilganidan soʻng 5 kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
Soliq tekshiruvi uchun ahamiyatga ega biror-bir holatlar oʻziga ma’lum boʻlgan har qanday voyaga yetgan jismoniy shaxsni koʻrsatmalar berish uchun guvoh sifatida chaqirilishi mumkin. Shuningdek, zarurat boʻlganda shartnoma asosida ekspert, mutaxassis va tarjimon jalb etilishi mumkin.
Agar xatolar aniqlansa
Agar kameral soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha tafovut va (yoki) taqdim etilgan soliq hisobotlarida xatolar aniqlansa, soliq organi soliq toʻlovchiga hisobotlarga tuzatish kiritish toʻgʻrisida talabnoma yuboradi. Talabnoma yuborish sanasi kameral soliq tekshiruvi tugagan sana hisoblanadi.
|
Muddatlar |
Harakatlar |
|
Tekshiruv tugagan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay |
Kameral soliq tekshiruvi materiallari soliq toʻlovchi hisobga qoʻyilgan joydagi soliq organida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak |
|
Tekshiruv tugagan kundan keyin 3 kun ichida |
Soliq organi rahbari kameral nazorat natijalarini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi |
|
Natijalar tasdiqlangandan keyin 2 kun ichida |
Tafovut aniqlangan taqdirda soliq toʻlovchiga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida talabnoma yuboriladi |
|
Tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida talabnoma olingan kundan e’tiboran 10 kun muddatda |
Soliq toʻlovchi tegishli soliqlar va yigʻimlar boʻyicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlar boʻyicha tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda asosnoma taqdim etishi shart
|
|
Aniqlashtirilgan hisobot yoki asosnoma olingandan keyin 15 kun ichida |
Soliq organi soliq toʻlovchining talabnomaga javob tarzidagi materiallarini oʻrganib chiqib, quyidagilarni yoʻllashi mumkin:
|
|
Aniqlashtirilgan talabnoma olingan kundan e’tiboran 5 kun ichida |
Soliq toʻlovchi uni bajarishi shart |
Taqdim etilgan aniqlangan tafovutlar boʻyicha asosnomalarga toʻliq yoki qisman rozilik berilgan taqdirda soliq organi soliq toʻlovchiga ilgari yuborilgan talabnoma bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirish xati yoki soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida aniqlashtirilgan talabnoma yuboradi.
Agar soliq toʻlovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmasa (shu jumladan aniqlashtirilgan talabnomadan keyin) yoki aniqlangan tafovutlar boʻyicha asosnomalarni taqdim etmasa yoxud taqdim etgan asosnomalar yetarli emas deb topilsa soliq organi soliq toʻlovchiga soliq auditini tayinlashga haqli.
![]()